YANGILIKLAR

Kun: 13.03.2019

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovi o‘tkazildi. Quvonarlisi ushbu tanlovda Buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nodira Abdusalomova “Xarajatlarni byudjetlashtirish tizimi” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

 

Shu munosabat bilan N. Abdusalomova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovida o‘z innovatsion loyihasi bilan g‘olib bo‘lgani uchun diplom bilan taqdirlandi.

 

 

Tadqiqot ishi davomida ma’lumotlarni yuklashda «1S» kompyuter dasturi bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlay oladigan «Xarajatlarni byudjetlashtirish tizimi» dasturi ishlab chiqildi, ushbu dastur amaliyotda qo‘llanilmoqda, deydi biz bilan suhbatda N. Abdusalomova. Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida xarajatlarni rejalashtirish, rejalashtirilgan xarajatlardan og‘ishlarining oldini olish, xarajatlarni elektron tizim orqali prognoz qilish imkoniyati yaratilildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Korporativ boshqaruv fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida faoliyat yuritayotgan bosh inspektor Daniyor Qurbonov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

 

 

Mahorat darsida “2019 yil 1 yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i va byudjet-soliq siyosatining asosiy parametrlari” mavzusi muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan soliq siyosati tufayli O‘zbekistonda yil boshidan buyon qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilar soni besh martaga oshib, 35 mingni tashkil etdi. Ulardan 6 mingi — xususiy tadbirkorlar, 29 mingga yaqini — yuridik shaxslar. Tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan tadbirkorlar ariza bo‘yicha QQS to‘lovchisi guvohnomasini oldi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

 

 

Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.