YANGILIKLAR

Kun: 05.03.2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Bir qo‘lida beshikni, bir qo‘lida dunyoni tebratar ayol” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 

Zulfiyaxonim tavalludining 104 yilligi va Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda fakultet faollari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

 

 

Tadbir davomida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, fakultet talabalari tomonidan Zulfiyaxonim she’rlari va raqs ko‘rinishlari ijro etildi.

Siz – ayol bor, bu jahonda bor o‘lanlar, allalar,
Siz – ayol bor, bu hayotda bor visollar, va’dalar.
Siz – ayolsiz fayz ko‘rmas, to‘y hasham, tantanalar.
Yurt farovon, doim charog‘on borki – hamrohi ayol.

Fakultetning Ideal jamoasi tomonidan “Qizlar: kecha va bugun” mavzusida sahnalashtirilgan chiqish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.