YANGILIKLAR

Kun: 18.02.2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Chilonzor tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari – podpolkovnik Bahodir Ismoilov, mayor Mohidil Tog‘ayeva, professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

 

 

Korporativ boshqaruv fakulteti hamda Chilonzor tuman Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi katta g‘ovlardan biri hisoblangan korrupsiya tushunchasi zamirida yashiringan jinoyatlar va ularning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritildi.

 

 

— Bugun yurtimizda jinoyatchilikni oldini olish borasida keng qamrovli proflaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda, deydi Korporativ boshqaruv fakulteti dekani muovini Olimjon Abdusalomov. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi insonlarni, xususan voyaga yetayotgan yoshlarni jinoyat ishtirokchisi bo‘lib qolishdan asrashga, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Usrashuv davomida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etilgan huquq-tartibot organlari xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.