YANGILIKLAR

Kun: 01.02.2019

2019 yil 1 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro turizm fakulteti tashabbusi bilan turistik xizmatlar marketingi va mehmonxona biznesida integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalariga bag‘ishlangan mahorat darsi uyushtirildi. Ushbu mahorat darsida ekspert sifatida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti professori Aril Kansel nutq so‘zladi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va servis kafedrasi o‘qituvchilaridan Hilola Ochilova, Sirojiddin Xalilov, Nargiza Jo‘raeva, Dildora Isomova hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Mahorat darsida turizm industriyasida raqamli marketing vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari baholandi. Marketing tadqiqotlarini olib borishning zamonaviy usullari muhokama qilindi. Xususan, media kontent bilan ishlash, fokus guruhlash kabi usullarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, xalqaro turizm sohasida rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari haqida fikr yuritildi. Turistik biznesni tashkil etish va boshqarishda marketing tahlillarini qo‘llash zarurati asoslab berildi.

Shuningdek, malakali ekspert Aril Kansel O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining turistik salohiyati xususidagi shaxsiy mulohazalarini aytib o‘tdi.

Turistik xizmatlar marketingi va mehmonxona biznesida integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalariga bag‘ishlangan mahorat darsi yakunida ayni sohada to‘plangan ilg‘or xorijiy tajribalarni mahalliy korxonalar faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan takliflar bildirildi.

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI KAFEDRALAR BO‘YICHA BO‘SH LAVOZIMLARGA
TANLOV E’LON QILADI

 

Dotsentlar: Iqtisodiyot nazariyasi, Sanoat iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Bank ishi, Buxgalteriya hisobi, Moliya va soliqlar, Kasb ta’limi (iqtisodiyot), Infratuzilmani rivojlantirish va logistika.

Katta o‘qituvchilar: Iqtisodiy tahlil va audit, Statistika, Moliya va soliqlar, Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari, Ekonometrika, Bank ishi, Oliy matematika, Sanoat iqtisodiyoti.

Assistentlar: Iqtisodiyot nazariyasi, Buxgalteriya hisobi, Statistika, Bank ishi, Moliya va soliqlar, Turizm va servis.

 

TANLOVDA QATNASHISH UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILISHI LOZIM:

1. Rektor nomiga ariza;

2. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (Boshqa tashkilotlardan tanlovda qatnashishga ariza berganlar uchun);

3. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni haqidagi attestat nusxalari (Boshqa tashkilotlardan tanlovda qatnashishga ariza berganlar uchun);

4. Ilmiy ishlari ro‘yxati;

5. Malaka oshirganligi hamda qayta tayyorlovdan o‘tganligi haqidagi diplomlar va sertifikatlar;

6. Oxirgi 5 yilda amalga oshirgan pedagogik faoliyati haqida hisobot;

7. Kafedra muhokamasidan ko‘chirma.

 

Arizalar qabul qilish muddati – e’lon chop etilgan kundan boshlab 1 oy.

Manzilimiz   –  100066, Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi, 49.

TDIU, Xodimlar bo‘limi. Tel.: (0-371) 239-01-42, 239-01-08

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning 15 ta universitetida (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, va Turkmaniston) va 4 ta Yevropa davlatlari Bolgariya, Italiya, Portugaliya va Lyuksemburgdagi universitetlarida ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani imzoladi.

O‘zbekistondan loyihada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishtirok etadi.

Loyihaning tashabbuskori va muvofiqlashtiruvchisi Bolgariyaning Ruse shahridagi universitet bo‘lib, ushbu universitet bunday keng ko‘lamli loyihalarni boshqarishda 20 yillik tajribaga ega.

Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda oliy ta’lim tizimini yangi texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilishdir.

Loyihada Ruse universiteti hamkor universitetlar bilan AKTga asoslangan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan faol foydalanish orqali ta’lim tizimini raqamli rivojlanish maqsadlariga moslashtirish konsepsiyasini, shuningdek, ta’limning raqamli transformatsiyasini ta’minlash bo‘yicha milliy dastur loyihasini tatbiq etishi bo‘yicha hamkorlik olib boradi.

Ruse universitetining innovatsion ta’lim texnologiyalari bo‘yicha qo‘llanmasi loyiha maqsadiga moslashtiriladi hamda rus va ingliz tillariga tarjima qilinadi. Ushbu qo‘llanmaning interfaol multimedia versiyasi Internetda nashr etildi va barcha qiziquvchilar e’tiboriga havola etildi.

Loyihada har bir universitet Ruse universiteti modeli bo‘yicha innovatsion ta’lim texnologiyalari markazini yaratadi – www.ciot.uni-ruse.bg/. Shuningdek, Ruse universiteti modeli bo‘yicha kelajak ta’lim zallari ham yaratilishi maqsad etib qo‘yilgan.

Ushbu kelishuvni imzolanishi, yevropa raqamli rivojlanish komissari Mariya Gabriel o‘z nutq va intervyularda bir necha bor ta’kidlaganidek, ta’limning raqamli transformatsiyasi Yevropa Komissiyasining ustuvor yo‘nalishi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.