YANGILIKLAR

Kun: 16.01.2019

Korporativ boshqaruv fakulteti hamda Ingliz tili   kafedrasi  tomonidan 14-yanvar —Vatan himoyachilari  kuniga bag‘ishlangan «Ona Vatanni himoya qilish – muqaddas burch» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

1-sonli Talabalar turar joyida  bo‘lib o‘tgan tadbirga Toshkent shahar Shayhontohur tumani Mudofaa ishlari bo‘limida faoliyat olib borilayotgan – podpolkovnik A. Abdurahmonov, mayor  I. Bahramov hamda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali dosenti Sh. Settiyev taklif etildi.

 

 

Ta’kidlanganidek, Ona vatanimizga sadoqatli bo‘lish, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan baxramandlik, o‘ziga ishonch, kelajak oldida ma’sullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi.  Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash barcha ta’lim muassasalari pedagogik jamoasining eng muhim vazifalaridan biriga aylangan. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit-qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda.