YANGILIKLAR

Kun: 15.01.2019

O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda London Metropoliten universiteti hamkorligida “Big Idea Challenge” ko‘rik-tanlovini tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalarining Britaniyada tashkil etiladigan innovatsiya va tashabbuskorlik ko‘rik-tanlovida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Ko‘rik-tanlovning asosiy vazifasi mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalariga chet ellik talabalar qatorida o‘z loyihalari bilan ishtirok etish, shu bilan birga innovatsion va tashabbuskorlik bo‘yicha nufuzli xalqaro treninglarda qatnashish imkoniyatini beradi. Unda ishtirokchilar innovatsion va barqaror biznes g‘oyasini yaratish bo‘yicha aniq va innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan yoshlarga o‘z g‘oyalari rivojlantirish va g‘oya mahsulotlarini mahalliy bozorga olib chiqish bo‘yicha malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Mazkur ko‘rik-tanlov «Ijtimoiy sohada innovatsiya» yo’nalishida yangi innovatsion va biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov ishtirokchilari yashab turgan hudud (shahar, tuman, qishloq, mahalla)da jamiyatga fojda keltiradigan innovatsion loyihalar bilan ishtirok etishlari lozim. mamlakatimiz hududi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va ehtiyojlarga ijtimoiy, atrof-muhit hamda jamiyatga fojdali bo‘lgan g‘oyalar orqali o‘z yechimini topish kerak.

Hozirgi kunda London Metropoliten universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha ommalashgan bo‘lib, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlajdigan yagona dastur sanaladi.  

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2019 yil 1-fevral. Arizalar onlayn ravishda qabul qilinadi 

Ushbu ko‘rik-tanlov Britaniya Kengashining “Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili” loyihasi bilan bevosita bog‘langan holda tashkil etiladi. «Big Idea Challenge» ko‘rik-tanlovi ingliz tilida tashkil etiladi. Mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalari innovatsiya va biznesga oid bilimlarini ingliz tilida muloqolot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Big Idea Challenge g‘oyangiz quyidagi savollarga javob berish kerak:

  • Sizning g‘oyangiz yo‘naltirilgan muammo yoki ehtiyojni tasvirlab bering
  • G‘oyangiz kimlarga yo‘naltirilgan 
  • G‘oyangiz moliyaviy qanday o‘zini qoplaydi 
  • Sizning taklifingiz boshqa takliflardan nimasi bilan ajralib turadi 

 

https://www.britishcouncil.uz/programmes/education-society/big-idea-challenge