YANGILIKLAR

Kun: 14.01.2019

Xabar berganimizdek, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan, 2018-2019 o‘quv yilida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilgan edi.

Universitet Madaniyat saroyida ushbu sport musobaqasida ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmat Maxsudov so‘zga chiqib, talabalarni o‘zining samimiy tilaklari bilan tabrikladi. Universitet manaviy-marifiy tadbirlarida, sport musobaqalarida va yoshlarga oid loyihalarda doimiy faollik ko‘rsatayotgan yoshlarga tashakkur bildirdi.

Shundan so‘ng, Yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a’zolari N. Juraqulova va N. Mahmudova talabalarni bayram munosabati bilan tabrikladilar.

 

 

Tadbir so‘ngida Begmat Maxsudov va Xayrulla Hasanovlar sport musobaqasida ishtirok etgan talabalarni Faxriy yorliq, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan, 2018-2019 o‘quv yilida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

 

 

Tashkil etilgan sport musobaqalarida talabalar sportning beshta turi

qisqa masofaga yugurish;

yerga tayanib mashq qilish;   

turnikka tortilish;

turnikka tayanib mashq qilish;

armrestling kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

 

 

Ushbu bellashuvlarda 20 dan ziyod muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan, 2018-2019 o‘quv yilida universitetda tahsil olayotgan talabalar qatnashdi.

Sport tadbirida universitet Yoshlar yetakchisi Xayrulla Hasanov hakamlik qildi, fakultet yoshlar yetakchilari hamda boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari ushbu tadbirni tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatdilar.

 

 

Sport musobaqalari 5 ta tur bo‘yicha umumiy baholandi. Unga ko‘ra Korporativ boshqaruv fakulteti talabasi Hamidov Avazbek Bahodir o‘g‘li umumiy hisobda 47 ochko to‘plab faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni Xalqaro turizm fakulteti talabasi Mavlonov G‘olibjon Muhammad o‘g‘li qo‘lga kiritdi, 3-o‘ringa Iqtisodiyot fakulteti talabasi Muhammadiev Muhlis Erkinboy o‘g‘li hamda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Isatov Arslanbek Ubaydullo o‘g‘li munosib deb topildilar.