YANGILIKLAR

Kun: 10.01.2019

Iqtisodchi suhbati – keng ommaga moʻljallangan tashabbus boʻlib, unda biz iqtisodiyot fani, kerakli iqtisodiy islohotlar va Oʻzbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida ochiq suhbat quramiz.

Hozirgi kunda dolzarb boʻlgan savollar, masalan, tabiiy monopoliyalar bizga kerakmi? Nima uchun elektr energiyasi narxini oshirishga majburmiz? Hukumat bepul taʼlimni kafolatlagani toʻgʻrimi, oʻzi qanday boʻlishi kerak? Narxlar nega oshib ketmoqda? Bojxona tariflari qanchalik iqtisodga zarar? Insonlar mulkini muhofaza qilish iqtisodiy rivojlanish uchun qanchalik muhim? Professional iqtisodchilar nima bilan shugʻullanishadi? Shu va boshqa savollar yuzasidan iqtisodiy nazariya va xalqaro amaliyot nuqtai nazariga tayangan holda suhbat qilishni maqsad qildik.

Tadbir 2019-yil 12-yanvar (shanba) kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-binosida boʻlib oʻtadi.

Manzil: Islom Karimov (avvalgi Oʻzbekiston) koʻchasi, 49-uy.

Ishtirok etish uchun ism va sharifingizni ushbu ilovada (https://docs.google.com/forms/d/1GTyLWpKA_9heQlJczJaQCfEI_yPAADnFEdlFTmp82pI/viewform?edit_requested=true) qoldiring. Kirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelish tavsiya qilinadi.