YANGILIKLAR

Kun: 05.01.2019

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali Xalq deputatlari tuman, shahar va viloyat Kengashlariga saylangan deputatlar hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan majlisdagi ma’ruzasi asosida tayyorlangan ushbu taqdimot materialida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan o‘ta muhim va dolzarb fikrlar, g‘oyalar, amaliy taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati vizual tarzda ochib berilgan.

Taqdimot murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, taqqoslama tahlillar, sababiy bog‘liqlikda chiqarilgan xulosalalarni keng jamoatchilikka targ‘ib etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, undan nafaqat talabalar, balki pedagog-o‘qituvchilar, targ‘ibot-tashviqot guruhi vakillari ham foydalanishlari mumkin.

Quyidagi havola orqali ushbu taqdimot bilan tanishishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan taqdimot tayyorlandi

Seminar-treningda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2019 yilda mamlakatimizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari;

2018 yilda universitetda olib borilgan o‘quv, ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va 2019 yilga mo‘ljallangan o‘quv, ilmiy-innovatsion ishlar samaradorligini oshirish yo‘llari;

Xalqaro ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish va ilmiy maqolalarni izlash imkoniyatlari;

“Impact-factor”ga ega jurnallarda maqola chop ettirish sirlari;

Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, bog‘liqlikni aniqlash uchun modellar yaratish, ularni baholash va tekshirish;

Universitetda ta’lim jarayonini raqamlashtirish: veb-saytga ma’lumotlarni joylash va Redmine dasturidan foydalanish qoidalari;

Tadqiqot olib borishda raqamli imkoniyatlardan foydalanish: Google Forms va Google Drive.

Darslar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli o‘quv binosi 131- va 134-xonalarida soat 9:00da boshlanadi.

Quyidagi havolalar orqali Seminar-trening dasturi va Seminar-trening dars jadvali bilan tanishishingiz mumkin.