YANGILIKLAR

Oy: Yanvar 2019

2019-yil 16-yanvar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-sonli talabalar turar joyi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmatjon Maxsudov, fakultet dekanati mas’ullari, kafedra professor-o‘qituvchilari, ta’lim-tarbiya maslahatchilari, talabalar ishtirok etishdi.

Taklif etilgan mehmon Milliy gvardiya harbiy texnika instituti kapitani, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Yo‘lchi Xudoyqulov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi faoliyati, bugungi kunda amalga oshirayotgan mehnat faoliyati yuzasida keng ma’lumot berib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi xalq tinchligi va osudaligini qo‘riqlovchi organ sifatida keng qamrovli ishlarni amalga oshirayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi faoliyati bilan bog‘liq video rolik namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida Yo‘lchi Xudoyqulovga universitet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shahnoza Raxmatullayeva,
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Korporativ boshqaruv fakulteti hamda Ingliz tili   kafedrasi  tomonidan 14-yanvar —Vatan himoyachilari  kuniga bag‘ishlangan «Ona Vatanni himoya qilish – muqaddas burch» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

1-sonli Talabalar turar joyida  bo‘lib o‘tgan tadbirga Toshkent shahar Shayhontohur tumani Mudofaa ishlari bo‘limida faoliyat olib borilayotgan – podpolkovnik A. Abdurahmonov, mayor  I. Bahramov hamda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali dosenti Sh. Settiyev taklif etildi.

 

 

Ta’kidlanganidek, Ona vatanimizga sadoqatli bo‘lish, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan baxramandlik, o‘ziga ishonch, kelajak oldida ma’sullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi.  Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash barcha ta’lim muassasalari pedagogik jamoasining eng muhim vazifalaridan biriga aylangan. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit-qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda.

O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda London Metropoliten universiteti hamkorligida “Big Idea Challenge” ko‘rik-tanlovini tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalarining Britaniyada tashkil etiladigan innovatsiya va tashabbuskorlik ko‘rik-tanlovida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Ko‘rik-tanlovning asosiy vazifasi mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalariga chet ellik talabalar qatorida o‘z loyihalari bilan ishtirok etish, shu bilan birga innovatsion va tashabbuskorlik bo‘yicha nufuzli xalqaro treninglarda qatnashish imkoniyatini beradi. Unda ishtirokchilar innovatsion va barqaror biznes g‘oyasini yaratish bo‘yicha aniq va innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan yoshlarga o‘z g‘oyalari rivojlantirish va g‘oya mahsulotlarini mahalliy bozorga olib chiqish bo‘yicha malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Mazkur ko‘rik-tanlov «Ijtimoiy sohada innovatsiya» yo’nalishida yangi innovatsion va biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov ishtirokchilari yashab turgan hudud (shahar, tuman, qishloq, mahalla)da jamiyatga fojda keltiradigan innovatsion loyihalar bilan ishtirok etishlari lozim. mamlakatimiz hududi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va ehtiyojlarga ijtimoiy, atrof-muhit hamda jamiyatga fojdali bo‘lgan g‘oyalar orqali o‘z yechimini topish kerak.

Hozirgi kunda London Metropoliten universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha ommalashgan bo‘lib, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlajdigan yagona dastur sanaladi.  

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2019 yil 1-fevral. Arizalar onlayn ravishda qabul qilinadi 

Ushbu ko‘rik-tanlov Britaniya Kengashining “Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili” loyihasi bilan bevosita bog‘langan holda tashkil etiladi. «Big Idea Challenge» ko‘rik-tanlovi ingliz tilida tashkil etiladi. Mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalari innovatsiya va biznesga oid bilimlarini ingliz tilida muloqolot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Big Idea Challenge g‘oyangiz quyidagi savollarga javob berish kerak:

  • Sizning g‘oyangiz yo‘naltirilgan muammo yoki ehtiyojni tasvirlab bering
  • G‘oyangiz kimlarga yo‘naltirilgan 
  • G‘oyangiz moliyaviy qanday o‘zini qoplaydi 
  • Sizning taklifingiz boshqa takliflardan nimasi bilan ajralib turadi 

 

https://www.britishcouncil.uz/programmes/education-society/big-idea-challenge

Xabar berganimizdek, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan, 2018-2019 o‘quv yilida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilgan edi.

Universitet Madaniyat saroyida ushbu sport musobaqasida ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmat Maxsudov so‘zga chiqib, talabalarni o‘zining samimiy tilaklari bilan tabrikladi. Universitet manaviy-marifiy tadbirlarida, sport musobaqalarida va yoshlarga oid loyihalarda doimiy faollik ko‘rsatayotgan yoshlarga tashakkur bildirdi.

Shundan so‘ng, Yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a’zolari N. Juraqulova va N. Mahmudova talabalarni bayram munosabati bilan tabrikladilar.

 

 

Tadbir so‘ngida Begmat Maxsudov va Xayrulla Hasanovlar sport musobaqasida ishtirok etgan talabalarni Faxriy yorliq, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan, 2018-2019 o‘quv yilida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

 

 

Tashkil etilgan sport musobaqalarida talabalar sportning beshta turi

qisqa masofaga yugurish;

yerga tayanib mashq qilish;   

turnikka tortilish;

turnikka tayanib mashq qilish;

armrestling kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

 

 

Ushbu bellashuvlarda 20 dan ziyod muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan, 2018-2019 o‘quv yilida universitetda tahsil olayotgan talabalar qatnashdi.

Sport tadbirida universitet Yoshlar yetakchisi Xayrulla Hasanov hakamlik qildi, fakultet yoshlar yetakchilari hamda boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari ushbu tadbirni tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatdilar.

 

 

Sport musobaqalari 5 ta tur bo‘yicha umumiy baholandi. Unga ko‘ra Korporativ boshqaruv fakulteti talabasi Hamidov Avazbek Bahodir o‘g‘li umumiy hisobda 47 ochko to‘plab faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni Xalqaro turizm fakulteti talabasi Mavlonov G‘olibjon Muhammad o‘g‘li qo‘lga kiritdi, 3-o‘ringa Iqtisodiyot fakulteti talabasi Muhammadiev Muhlis Erkinboy o‘g‘li hamda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Isatov Arslanbek Ubaydullo o‘g‘li munosib deb topildilar.

2019-yil 12-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Iqtisodiyot fani, kerakli iqtisodiy islohotlar, O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi» mavzusida iqtisodchilar suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, xususiy sektor vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti xodimi Jahongir Negmatov hamda hozirgi kunda Wisconsin universiteti (AQSH)da ilmiy izlanish olib borayotgan Behzod Hoshimov asosiy ma’ruzachilar sifatida ishtirok etdi.

 

 

Tadbir davomida hozirgi kunda dolzarb boʻlgan savollar:

– tabiiy monopoliyalar bizga kerakmi?

– nima uchun elektr energiyasi narxini oshirishga majburmiz?

– Hukumat bepul taʼlimni kafolatlagani toʻgʻrimi, oʻzi qanday boʻlishi kerak?

– narxlar nega oshib ketmoqda?

– bojxona tariflari qanchalik iqtisodga zarar?

– insonlar mulkini muhofaza qilish iqtisodiy rivojlanish uchun qanchalik muhim?

– professional iqtisodchilar nima bilan shugʻullanishadi?

kabilar yuzasidan iqtisodiy nazariya va xalqaro amaliyot nuqtai nazariga tayangan holda suhbat olib borildi.

 

 

Tadbir qiziqarli va fikr-mulohazalar almashinuvi tarzida o‘tib, yig‘ilganlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Iqtisodchi suhbati – keng ommaga moʻljallangan tashabbus boʻlib, unda biz iqtisodiyot fani, kerakli iqtisodiy islohotlar va Oʻzbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida ochiq suhbat quramiz.

Hozirgi kunda dolzarb boʻlgan savollar, masalan, tabiiy monopoliyalar bizga kerakmi? Nima uchun elektr energiyasi narxini oshirishga majburmiz? Hukumat bepul taʼlimni kafolatlagani toʻgʻrimi, oʻzi qanday boʻlishi kerak? Narxlar nega oshib ketmoqda? Bojxona tariflari qanchalik iqtisodga zarar? Insonlar mulkini muhofaza qilish iqtisodiy rivojlanish uchun qanchalik muhim? Professional iqtisodchilar nima bilan shugʻullanishadi? Shu va boshqa savollar yuzasidan iqtisodiy nazariya va xalqaro amaliyot nuqtai nazariga tayangan holda suhbat qilishni maqsad qildik.

Tadbir 2019-yil 12-yanvar (shanba) kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-binosida boʻlib oʻtadi.

Manzil: Islom Karimov (avvalgi Oʻzbekiston) koʻchasi, 49-uy.

Ishtirok etish uchun ism va sharifingizni ushbu ilovada (https://docs.google.com/forms/d/1GTyLWpKA_9heQlJczJaQCfEI_yPAADnFEdlFTmp82pI/viewform?edit_requested=true) qoldiring. Kirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelish tavsiya qilinadi.

Bugun, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari uchun o‘tkazilayotgan seminar-treningning ikkinchi kungi mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

    

Mazkur mahorat darslarida «Xalqaro ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish va ilmiy maqolalarni izlash imkoniyatlari»,  «Universitetda ta’lim jarayonini raqamlashtirish: veb-saytga ma’lumotlarni joylash va Redmine dasturidan foydalanish qoidalari», «Tadqiqot olib borishda raqamli imkoniyatlardan foydalanish: Google Forms va Google Drive» kabi mavzular muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, seminar-treningda Iqtisodiyot nazariyasi, Makroiqtisodiyot, Sanoat iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Ingliz tili, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Moliya va soliqlar, Statistika, Ijtimoiy fanlar, Iqtiodiyotda axborot tizimlari, Menejment, Korporativ boshqaruv, Bank ishi, Jahon iqtisodiyoti, Turizm va servis, Marketing, Infratuzilmani rivojlantirish va logistika, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Jismoniy madaniyat, Ekonometrika, Jahon tillari, Oliy matematika, Kasb ta’limi kafedralarining jami 391 nafar pedagog xodimlari ishtirok etmoqda.

 

Tadqiqot olib borishda raqamli imkoniyatlardan foydalanish Google Forms va Google Drive

 

Universitetda ta’lim jarayonini raqamlashtirish veb-saytga ma’lumotlarni joylash va Redmine dasturidan foydalanish qoidalari

 

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Iqtisodiyot nazariyasi, Makroiqtisodiyot, Sanoat iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Ingliz tili, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Moliya va soliqlar, Statistika, Ijtimoiy fanlar, Iqtiodiyotda axborot tizimlari, Menejment, Korporativ boshqaruv, Bank ishi, Jahon iqtisodiyoti, Turizm va servis, Marketing, Infratuzilmani rivojlantirish va logistika, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Jismoniy madaniyat, Ekonometrika, Jahon tillari, Oliy matematika, Kasb ta’limi kafedralarining jami 391 nafar pedagog xodimlari ishtirok etdi.

 

 

 

Seminar-trening davomida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2019-yilda mamlakatimizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”, “2018-yilda universitetda olib borilgan o‘quv, ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va 2019-yilga mo‘ljallangan o‘quv, ilmiy-innovatsion ishlar samaradorligini oshirish yo‘llari”, “Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, bog‘liqlikni aniqlash uchun modellar yaratish, ularni baholash va tekshirish”, “Tadqiqot olib borishda raqamli imkoniyatlardan foydalanish: Google Forms va Google Drive” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, darslar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli o‘quv binosi 131- va 134-xonalarida 2019-yil 8 va 9 yanvar kunlari ham bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan taqdimot

2018 yilda olib borilgan ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va 2019 yilga mo‘ljallangan ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlari samaradorligini oshirish to‘g‘risida

 

Xalqaro ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish va ilmiy maqolalarni izlash imkoniyatlari