YANGILIKLAR

Oy: Yanvar 2019

2019-yil 26-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat qo‘mitalari, Markaziy bank, tijorat banklari, shuningdek, turli mulkchilik shakllaridagi 250 dan ortiq kompaniya va firmalarning rahbar va mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir universitetda oliy ta’lim-fan-ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, universitet va ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur farmonda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligi va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari deb belgilangan.

Bugungi kunda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, unda belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbir maqsadi ham shunga qaratilgan.

Aytib o‘tish kerakki, universitetda 2018-2019 o‘quv yili bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ish bilan ta’minlash borasida ishlar boshlab yuborildi. Bu borada universitet rektorati, dekanat va kafedralar tomonidan bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish, ishga taqsimlash va joylashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018-2019 o‘quv yili bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ish bilan ta’minlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan yaqindan amaliy aloqalar o‘rnatilgan.

“Karera kuni” axborot-tanishitiruv tadbiri davomida bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayotgan ish beruvchi vazirlik, muassasa, tashkilot va korxonalarga bitiruvchi talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur tadbirda universitet fakultetlari, mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari, bakalavriat va magistraturaning bitiruvchi kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbirda taqdimotlar, elektron tarqatma materiallar, prospektlar hamda boshqa taqdimot uslub va vositalaridan samarali foydalanildi.

“Karera kuni” tadbiri ishtirokchilariga universitet, fakultetlar, kafedralar, o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi innovatsiyalar, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning eng diqqatga sazovor tomonlari yoritib berildi.

Ma’lumot o‘rnida:

– 2018-2019 o‘quv yilida universitetni 1210 nafar talaba tamomlaydi, jumladan bakalavriat bosqichida 910 nafar, magistratura bosqichida esa 300 nafar;

– hozirgi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalaviriat bosqichida 20 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 25 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

“Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbirini o‘tkazishdan maqsad quyidagilardan iborat:

– ish beruvchilar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha universitet bitiruvchilarining maxsus, kasbiy va malakaviy bilimlari, qobiliyat hamda malakalari taqdimotini o‘tkazish;

– vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar o‘quv va ilmiy muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, xorijiy, qo‘shma va kichik korxonalar, firmalar vakillari hamda tadbirkorlar bilan universitetning 2018-2019 o‘quv yili bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borish;

– o‘quv rejalariga asosan, o‘qituvchi, talabalar, shuningdek, kompaniyalar va talabalarning o‘z tashabbuslari bilan yo‘nalishlar, dasturlar, malakaviy amaliyot mavzulari, stajirovkalarini korxona va tashkilotlarda o‘tkazishni muhokama qilish;

– kadrlarga buyurtma bergan korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasida aniq integratsion aloqalar o‘rnatish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, fundamental va ilmiy mahsulotlar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish;

– ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan bakalavriat hamda magistratura bitiruvchilari o‘rtasida ishga joylashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq muddatga mo‘ljallangan aloqalar o‘rnatish va shartnomalar tuzish.

Tadbirda bakalavriat va magistraturaning bitiruvchi kurs talabalari bilan taklif etilgan ish beruvchi vazirliklar, qo‘mitalar, kompaniyalar, tashkilotlar, korxonalarning vakillari o‘rtasida ishga joylashish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha muloqotlar olib borildi.

Shuningdek, innovatsion hamkorlik doirasida muammoli mavzular bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, o‘quv rejalarga amaliyotchi mutaxassislar takliflarini e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish, talabalarning malakaviy amaliyoti va tajriba oshirishini tizimli ravishda tashkil etish, amaliyotchi mutaxassislarni dars mashg‘ulotlariga jalb etish, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini korxona va tashkilotlar taklifini hisobga olgan holda tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir davomida bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda taklif etilgan vazirliklar, qo‘mitalar, kompaniyalar, tashkilotlar, korxonalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda “Karera kuni” tadbirining ahamiyati va samarasi nihoyatda yuqoridir. Shu sababli o‘tkazilayotgan “Karera kuni” tadbiri universitetda o‘z o‘rnini topib, bitiruvchi kurs talabalari hayotida alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Tadbir doirasida bevosita ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan “mahorat darslari” tashkil etildi. “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi va 2019 yildagi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari”, “Korxonada strategik rejalashtirish”, “Tadbirkorlik sub’ektlarini raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimining o‘rni” kabi mavzular muhokama qilindi.

“Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbirining o‘tkazilishi bitiruvchi yoshlarga o‘z ixtisosliklari va mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish imkonini bergan bo‘lsa, ish beruvchilarga o‘z kadrlar zaxirasini malakali va bilimli mutaxassislar bilan boyitishga yordam berdi. Shuningdek, tadbir bugungi jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot sohalaridagi ilmiy yechim kutayotgan masalalar yuzasidan hamkorlikda tadqiqotlar olib borish uchun olimlar va amaliyotchilarga o‘zaro muloqot maydonini yaratdi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2019-yil 26-yanvar kuni “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbir universitetda oliy ta’lim-fan-ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, universitet va ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat qo‘mitalari, Bosh prokuratura, Markaziy bank, tijorat banklari, shuningdek, mulkchilikning turli shakllaridagi 200 dan ortiq kompaniya va firmalarning rahbarlari, mutaxassislari ishtirok etdilar.

Boshlanish vaqti: 2019-yil 26-yanvar, soat 10:00.

O‘tkazilish joyi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-sonli o‘quv binosi

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49.

Mo‘ljal: Toshkent shahar hokimiyati.

 

 

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2018-yilda 407,5 trillion so‘mni tashkil etdi va 2017-yilga nisbatan 5,1 foizga oshdi.

Aholi jon boshiga YaIM 12,3 million so‘mni tashkil etdi va 3,3 foizga o‘sdi.

YaIM o‘sishiga sanoat asosiy hissa qo‘shdi: iqtisodiyotning bu tarmog‘idagi o‘sish 2017-yilga nisbatan 10,6 foizga teng bo‘ldi.

 

Webster universiteti AQShning Missuri shtati Sent-Luisdagi o‘zining asosiy kampusiga ega bo‘lib, bir-birlari bilan va butun dunyodagi jamoalari bilan yaqin aloqada bo‘lgan o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilarning global miqyosdagi harakat yo‘nalishini qamrab oladi. Webster universitetiga 1915-yilda asos solingan. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 13 mingdan ortiq talabalarga ega, xususiy, notijorat universiteti hisoblanadi. Webster universitetining asosiy maqsadi talabalarni yuqori sifatli ta’lim tajribalari bilan global fuqarolikka va shaxsiy yuksaklikka yetishtirishdir.

Webster universiteti ta’limdagi global tarmoqqa ulkan hissa qo‘sha oladigan turli xildagi tajriba va bilimga ega talabalar, professor-o‘qituvchi va xodimlarni jalb etadi. Talaba va professor, xodimlarimiz mahalliy darajada global hamkasblari tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, faoliyat yuritadilar.  

Webster universiteti O‘zbekistonda ushbu dasturni quyidagi manzillarda mart oyining o‘rtalarida taklif etadi.

Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti

– O‘zbekiston, 100085, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • O‘zbekiston, 100066, Toshkent shahri, Islam Karimov ko‘chasi, 49.

Hujjat topshirish va qabul boyicha ma’lumotlar

Hujjat topshirish muddati: 2019-yil 15-yanvardan 10-fevralgacha,

Hujjat topshirish talablari va savollar boyicha Nozima Zufarovaga murojaat etishingiz mumkin

E-mail: tsueird@tsue.uz, n.zufarova@tsue.uz

On-layn hujjat topshirish: www.webster.edu/admissions/apply-now

Hujjat topshirish talablari:

Biznes yoki unga aloqador bolgan Akkreditasiyadan o‘tgan o‘rtacha ball 2.5 yoki undan yuqori bo‘lgan diplom

TOEFL iBT 80 / IELTS 6.5

Tavsifnoma

Ma’lumotnoma

Passport nusxasi

 

Nima uchun WEBSTER BBM?

 

Webster universiteti Biznes boshqaruvi magistri dasturi turli xil soha va madaniyat vakillarini jalb etadi. Universitet hozirgi kundagi xalqaro tadbirkorlik muhitidagi ozgaruvchan qiynichiliklarga yechim topa oladigan biznes talabalarini tayyorlashda noyob ta’lim olish imkoniyatlari va xilma-xillikni taqdim etadi.

Yuqori darajali ixtisoslashgan ko‘p madaniyatli yetakchilik va menejment dasturi sifatida e’tirof etilgan Webster universiteti BBM dasturi zamonaviy nazariy modellarni amaliyotga tatbiq etishda ularni qo‘llash uchun zarur texnik ko‘nikmalardan foydalanadi. Dasturimiz yetakchilik va boshqaruv qobiliyatlariga yo‘nalltirilgan bo‘lib, shu bilan birga xalqaro biznes bilan bog‘liq masalalarni ham o‘rganadi.

Webster universitetining BBM dasturi raqobat muhitida biznesning faoliyat xususiyatlarini tushunishga qiziqqan o‘quvchilarni trening mashg‘ulotlari bilan ta’minlanaydi. O‘quv rejalari buxgalteriya, iqtisod, moliya, marketing, ishlab chiqarish, operatsiyalar va strategik boshqaruvdan nazariya va amaliyotni birlashtiradi.

Webster-MBA dasturi bitiruvchilari biznes mohiyatini to‘g‘ri anglay oladigan va turli xil biznes vaziyatlarini hal qilish uchun zarur vosita va texnikalarga ega yetuk ma’lumotli biznes menejerlari hisoblanadi.

  Diplom olish uchun MBA o‘quv dasturining 27 ta kredit soati va 9 soat bitiruv fakultativlari, jami 36 kredit soati bajarilishi talab qilinadi. Agar yo‘naltrilgan fan tanlansa, jami talab qilinadigan soatlar ko‘proq bo‘lishi mumkin. Majburiy kurslar olishi shart bo‘lgan talabalar uchun esa BBM olish uchun ko‘proq kredit soatini to‘ldirish talab qilinishi mumkin. Ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi sahifaga murojaat etish mumkin: www.webset.edu/gradcatalog

Asosiy kurslar:

Marketing

Tashkilotchilik xulq-atvori

Amaliy biznes statistikasi

Moliya

Murakkab korporativ moliya

Hisobotlarni boshqarish

Operatsiya va loyihalarni boshqarish

Strategiya va raqobat

Loyiha boshqaruvi kurslari:

Loyiha boshqaruviga kirish

Loyiha ta’minotini boshqarish

Loyiha boshqaruvidagi yutuqlar

Dasturga kirish talablari:

Akkreditatsiyadan otgan oliy ta’lim muassasasining bakalavr diplomidan tashqari, muvaffaqiyatli nomzodlar biznesga aloqador yo‘nalishlar boyicha akademik bilimlarini namoyish eta olishlari kerak. Ushbu fanlarga Marketing, Menejment, Biznes huquqi, Iqtisodiyot, Biznes etikasi, Global biznes, Miqdoriy tahlil, Buxgalteriya hisobi, Moliya va Axborot tizimlari kiradi. Nomzod ushbu talabga mos ekanligini ilovalar yoki Peregrine Academic Services tomonidan o‘tkaziladigan on-line imtihonlar orqali ko‘rsatishi mumkin.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “2019-yilgi soliq-byudjet siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Audit kanon” auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

 

Aytib o‘tilganidek, Respublikamizda barcha soha va tarmoqlar singari soliq tizimini isloh qilish va u asosida uni rivojlantirish borasida so‘nggi ikki yil davomida sezilarli ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”da “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish” muhim strategik vazifalar sifatida belgilab olingan.

 

 

2018-yilning 28-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yangidan qabul qilingan Soliq konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha to‘xtalib, jumladan shunday dedi: “fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‘zda tutilishi shart. Soliq ma’muriyatchiligi shunday bo‘lishi kerakki, qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinsa ham bu holat iste’mol tovarlarining narxi o‘sishiga olib kelmasligi shart va zarur.”

 

 

Seminar davomida “Audit kanon” auditorlik kompaniyasi vakillari Soliq konsepsiyasining mazmun-mohiyati va undagi o‘zgarishlar xususidagi ma’umotlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Bugun, 22-yanvar kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 195-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baxtiniso Amanova kirish so‘zi bilan ochib, o‘tkazilayotgan uchrashuvning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiev ishtirok etib, o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati inson omiliga qaratilgani, yoshlarning bilim olishi, har bir inson hayotda munosib o‘rin topishiga davlat darajasida berilayotgan e’tibor haqida gapirib o‘tdi.

“Men shu aziz Vatan farzandiman!”, nima uchun biz bu mavzuni tanladik? Nega aziz Vatan, deb atayapmiz? Bu yerda biz aniq bilib olishimiz kerak bo‘lgan tushunchalar mavjud. Kimki o‘z oldiga ezgu maqsad qo‘yib, u sari olg‘a intilsa, ota-onasiga, ustoziga, do‘st-o‘rtog‘iga g‘amxo‘r bo‘lsa, ilm o‘rgansa bu savollarga mukammal javobni oladi. Buning uchun avvalo, har bir inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishi, uni behuda va o‘tkinchi ishlarga sarflamasligi lozim.

 

 

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tub islohotlar va amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Bu bejiz emas albatta. Dunyoning istalgan rivoj topgan davlatlariga nazar solsangiz, ular taraqqiyotining bosh mezoni — ilm-fan, ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar natijasidir. Qaerdaki intelektual bilimli, aqliy qobiliyati yuqori insonlar soni ko‘paysa, o‘sha yerda rivojlanish, farovon hayot bo‘ladi. Bilimli bo‘lish va uni insonlar, jamiyat uchun foydali yo‘lda sarflash har bir odamni asrlar davomida mangu yashashiga xizmat qiladi. Buni biz ulug‘ bobolarimiz – Xorazmiy, Buxoriy, Beruniy, Navoiy, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur kabi ajdolarimiz misolida ko‘rib turibmiz, deya ta’kidlab o‘tdi Bahodir Xodiev.

Shundan so‘ng, Iqtisodiyot fakulteti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Ruxsora Masharipova hamda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi, Xalqaro fan olimpiadalari g‘olibi Jazira Bo‘ronova so‘zga chiqib, o‘quvchilarga ilm olishga mehr bergan yoshlarga davlat tomonidan berilayotgan yuksak e’tibor haqida o‘z hayotlari misolida to‘xtalib o‘tdilar.

 

 

Yuqorida ustozimiz ta’kidlab o‘tganidek, vaqtni to‘g‘ri sarflash, undan maqsadli foydalanish insonni qanchalik ko‘klarga ko‘tarishini biz talabalar o‘z hayotimizda ko‘rib guvoh bo‘ldik. Vaqtni shunchaki sho‘xlik, oldi-qochdi gaplar, kundalik mashmashalar haqida gapirib o‘tkazib yuborishimiz mumkin. Lekin uni biror xorijiy tilni o‘rganish, badiiy kitob o‘qish yoki ilm o‘rganishga ham sarflash mumkin.

Shuning bilan birga o‘zgalar mehnatini qadrlashni bilishimiz ham juda muhim. Masalan, bilim berayotgan ustozingiz, sizga tozalik va ozodalikni berayotgan farrosh, ota-onangiz mehnatini qadrlashni o‘rganish.

 

 

Tadbir so‘ngida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti haqidagi videofilm va roliklar namoyish etildi.

P/S 2008 yildan boshlab ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi maqomini olgan ushub o‘quv dargohida bugungi kunda 2930 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ularga 120 nafardan ortiq o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.

“Innofatsion olimpiada”ning Biologiya, Fizika, Kimyo va Matematika fanlaridan 4 nafar o‘quvchi Respublika bosqichida ishtirok etib, shundan 3 nafari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Maktabning 7-A sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan “Kamalak jilolari” guruhi “Kamalak bilimdonlari” tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari tuman olimpiadasida fanlar yo‘nalishida ishtirok etib, ularning 19 nafari sovrinli o‘rinlarni egalladilar. 17 nafar o‘quvchilar Fanlar olimpiadasining shahar bosqichida ishtirok etish uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Undan tashqari “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlar tanlovida maktabimizning 5 nafar o‘quvchilari tumanda faol ishtirok etdilar va 1 nafar o‘quvchi shahar bosqichida faol ishtirok etdi.

Germaniyaning Bremenhaven universiteti professor-o‘qituvchilar uchun grand loyihasini e’lon qiladi.

Loyihada qatnashadigan professor-o‘qituvchilar 1 hafta mobaynida Bremenhaven universitetida mashg‘ulotlar olib borishlari lozim.

Ushbu grand loyihasida ishtirok etish istagini bildirganlar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Tel.: (0 371) 23901-45, 71 232-60-04

Qo’shimcha ma’lumotlar va arizalarni topshirish uchun:

Aleksandra Rupietta, Hochschule Bremerhaven Xalqaro ofisining rahbari, Germaniya

E-mail: arupietta@hs-bremerhaven.de

Zufar Ashurov, mahalliy loyiha koordinatori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tel .: (93) 515-55-41, E-mail: zufara@mail.ru

2019-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va texnologiyalari qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Tadbir mamlakatimizning raqamli rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, “Raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasi va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi asosida tayyorlangan matnlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlandi. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oliy Majlisga yuborilgan va milliy iqtisodiyotning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishini ta’minlaydigan va korrupsiyani sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan loyiha asosida ishlab chiqilgan.

 

 

Raqamli iqtisodiyotni joriy etish, albatta O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun jiddiy o‘sish sur’ati hisoblanadi. Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan yuksak intellektual salohiyat, rivojlangan telekommunikatsiya infratuzilmasi, yuqori texnologiyali korxonalarni samarali faoliyat yuritishi innovatsion iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni tashkil etadi.

Deputatlar va iqtisodchi-olimlar davra suhbatidagi o‘z chiqishlarida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning faol rivojlanishini ta’minlaydigan bir qator muhim vazifalarni aniqladilar. Bular: sanoatda Internet tarmog‘ining rivojlanishi, shuningdek internet buyumlar, biznes va savdo qilish uchun ko‘p platformali makonlarni shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimini algoritmini ishlab chiqish, jamiyatning elektron ishtirokini faollashtirish va boshqalar.

 

 

Birinchi navbatda, raqamli iqtisod texnologiyalari joriy etilishi amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni talab qiladi. Avvalo, bu me’yorlar bunday tushunchalar va texnologiyalarni fuqarolik muomalasiga kiritish: smart-kontraktlar, jamoatchilikning elektron konsensusi, sun’iy intellekt, kripto-valyuta va boshqalar bilan ta’minlashi kerak.

Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik tavsiyalar va takliflar ishlab chiqildi.

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xorij tajribasi

2019-yil yanvar oyidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Amerika qo‘shma shtatlarining Webster universiteti bilan MBA dasturi bo‘yicha magistratura bosqichida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyiha AQShning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta’lim loyihasi hisoblanadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Webster universiteti o‘rtasida imzolangan “MBA dasturi bo‘yicha magistratura bosqichida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnomaga asosan, endilikda o‘zbekistonlik yoshlar masofaviy ta’lim asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olib, AQShning Webster universitetining magistrlik diplomiga ega bo‘ladi.

Ushbu dastur orqali tahsil olish istagini bildirgan abiturientlar quyidagi havola orqali hujjatlarini on-line holatda topshirishlari mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdiQ2tYH9pqteoTkPEZ4rKtnSd1sz-foZnxZoSIv3bDvFXfJg/viewform?pli=1

Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti tomonidan 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan uchun ko‘ksim qalqon, fidodir jonim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining zahiradagi podpolkovnigi Rustam Yodgorov hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kafedra mudiri, mayor Bekzod Nurmetov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun milliy armiyamiz tarixiy va milliy an’analarimizni saqlagan holda, harbiy qurilish va harbiy san’at sohasida dunyodagi eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirib, chegaralarimiz xavfsizligini ta’minlashning ishonchli kafolatiga aylandi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi bo‘lgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, o‘z muqaddas harbiy burchini bajarish yo‘lida qat’iy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni ko‘ramiz va ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

 

 

So‘zga chiqqanlar, dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo‘lgan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo‘llar bilan singdirishga qaratilgan urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun keskin kurash ketayotgan bir sharoitda, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatgacha bo‘lgan yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarning roli va o‘rni tobora ortib borayotganiga to‘xtalib o‘tdilar.