YANGILIKLAR

Kun: 09.12.2018

2018-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

 

 

“Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish: nazariya, amaliyot, istiqbol” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi buxgalteriya hisobi va audit sohasining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, xalqaro auditorlik kompaniyalari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirok etdi.

 

 

Anjumanning asosiy maqsadi 2018-yildagi audit xizmatlari bozori natijalarini tahlil qilgan holda, 2019-yilda auditorlik faoliyatining kelajakdagi rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash, shuningdek, Rossiya auditining xalqaro standartlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganishdir.

 

 

Ilmiy anjumanda M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, “Auditorlar hamdo‘stligi assotsiatsiyasi” raisi A.D. Sheremet Buxgalteriya, tahlil va auditorlik muammolarini minimallashtirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi.

 

 

Taqdim etilgan ma’ruzalar va taqdimotlarlarda ko‘rilgan mavzular ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilindi, buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohasida amaliy takliflar o‘rtaga tashlandi.