YANGILIKLAR

Kun: 08.12.2018

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 1-sonli talabalar turar joyida davra suhbati tashkil etildi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori M. Baratov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda Bosh qomusimizning jamiyatda va fuqarolarimiz hayotida tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Konstitutsiyamizning islohotlar yangi bosqichidagi o‘rni, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish, konstitutsiyaviy burch, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omillari xususida gapirib o‘tildi. Konstitutsiyada ifodalangan inson manfaatlari, diniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, yoshlar masalalari tadbir ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ldi.

Davra suhbati davomida Konstitutsiyamizning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.