archive.php
content.php-77

Iqtisodiyot fakulteti tomonidan “Talabalik – oltin davrim” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Iqtisodiyot fakultetiga abiturientlarning 174 nafari talabalik safiga qabul qilindi. Talabalarga universitetda ta’lim-tarbiya, bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar keng tanishtirildi.

Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Iqtisodiyot fakulteti talabalariga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchalarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan “Talabalik – oltin davrim” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbir davomida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Begmat Maxsudov, universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, professor Azamat Muxtorov, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Qo‘chqor Dadaboev, fakultet dekani Alisher Qobilov va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Rahmonjon Odilovlar so‘zga chiqib, talaba yoshlarni tabriklab, ularga o‘qish, ta’lim-tarbiya olishlari uchun oq yo‘l tilashdi. Fakultetning iqtidorli talabalari: Islom Karimov davlat stipendiasi sovrindori G‘ayrat Alimov, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti Ruxsora Masharipova, Sevara Abdulakimova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada kumush medali sovrindori Abdumalik Abduqayumovlar 1-bosqich talabalariga ramziy bilimlar kaliti va reyting daftarchasini topshirishdi.

 

 

Shundan so‘ng, universitet rahbariyati talaba-yoshlarga talabalik guvohnomasini topshirishdi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar she’r va qo‘shiq aytishdi, raqsga tushishdi. “Quvnoqlar va zukkorlar” jamoasi o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mastura HAYDAROVA,
Iqtisodiyot fakulteti Ta’lim tarbiya maslahatchisi

content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilari, professor-o‘qituvchilari va talabalari diqqatiga!!!

Sizlarning e’tiboringizga Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etish maqsadida dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilayotgan va tavsiya etilmayotgan ilmiy nashrlar ro‘yxati taqdim etilmoqda.

Scopus tomonidan tavsiya etiladigan jurnallar haqida ma’lumotlar

 

Scopus tomonidan tomonidan tavsiya etilmaydigan jurnallar ro‘yxati