archive.php
content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti faollari Toshkent tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

 

 

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani Mansur Eshov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, xususan o‘quvchi-yoshglarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi. Ilm-fan yutuqlari asosida rivojlanayotgan dunyo bilan tengma-teng bo‘lishda bugun egallanayotgan bilimning ahamiyati juda qadrli bo‘lishi haqida gapirib o‘tdi.

 

 

Universitetning magistratura bosqichida tahsil olayotgan “Navoiy” davlat stipendiyasi sovrindori Ismoiljon Zaynutdinov, Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro yoshlar iqtisodiy forumida sovrindor bo‘lgan “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining 4-bosqich talabalari Jazira Bo‘ranova, Azizaxon Sobirjonovalar ta’limni chuqur o‘zlashtirishga intiladigan, o‘z oldiga eng ezgu maqsadlarni qo‘ya oladigan, xalqiga, oilasiga, ota-onasiga munosib farzand bo‘la oladigan yoshlar davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilayotganligini o‘z hayotlari misolida gapirib berdilar.

 

 

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ravshan Najmiddinov har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi. O‘z vaqtida ta’lim olish, o‘z vaqtida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib sog‘lom hayot kechirish, o‘z vaqtida ustozlari, ota-onasi, do‘stlari holidan xabar olish, ularga yordam berish insonni ma’nan quvvatlaydi, ezgu ishlarga safarbar etadi, deya ta’kidladi.

 

 

Tadbir yakunida 19-sonli o‘rta umumta’lim maktabining eng faol o‘quvchi-yoshlari universitetning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari jamlanmasi maktab kutubxonasi uchun taqdim etildi.

 

content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 17-sonli o‘rta umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bunda o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent tumanidagi 17-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilik memorandumini imzolangan edi.

 

 

2018 yil 3 noyabr kuni universitet Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Obidjon Hamidov, Iqtisodiyot fakultet 1-bosqich talabasi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ruxsora Masharipovalar Toshkent tumanidagi 17-sonli o‘rta umumta’lim maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq muloqot tadbirini o‘tkazdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshiriliyotgan keng ko‘lamdagi islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shu o‘rinda, maktab ta’limidan keyingi ta’lim tizimi xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar erishayotgan yutuqlar va universitet jamoasi kelgusida rejalashtirayotgan ulkan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi va universitet haqidagi video rolik namoyish etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Universitet rahbariyati tomonidan 80ga yaqin o‘zbek va jahaon adabiyoti durdonalaridan saralangan badiiy adabiyotlar o‘quvchilari uchun maktab kutubxonasiga esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.

Bo‘ribek AKRAMOV,
Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi