archive.php
content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro turizm fakulteti jamoasi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 23 umumta’lim maktab o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirni Xalqaro turizm fakulteti dekani Ikrom Axmedov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarni kelgusi hayotida kelajagini oliy maqomga olib chiqish maqsadida maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsiyalashuvni kuchaytirishdir.

Tadbir ishtirokchilariga universitet tarixi, TDIU jamoasida faoliyat faoliyat yuritayotgan bir qancha iste’dodli olimlar, akademiklar va professorlar, iqtisod fanlari doktorlari umr va ijod yo‘li namuna sifatida gapirib berildi.

Hayotning o‘zi zamonaviy mutaxassislarga bir qator vazifalarni, ya’ni zaruriy axborotga ega bo‘lish, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz maqsad va vazifalarini aniq ko‘ra bilish, mukammal bilimli bo‘lish va ana shu bilimlarni hayotning barcha jabhalariga – ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisodiyot, ijtimoiy, ma’naviyat va ma’rifat sohalariga ijodiy yondashgan holda qo‘llay bilish kabi vazifalarni qo‘ydi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tezkor xalqaro faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda universitetda mamlakatdagi eng ko‘p xalqaro shartnomalar – 60 dan ortiq, ular 30 dan ortiq mamlakatlarning universiteti va institutlari bilan tuzilgan

TDIUning hamkorlari orasida yevropaning yetakchi universitetlari Germaniyada Bremenxaven va Bremen universitetlari, Polshadagi Yagelon universiteti, Charlz universiteti va Chexiya Respublikasidagi aniq fanlar universiteti, Latviya Akademiyasi va Turiba universiteti, Italiyada Genoau, Ispaniyada Las Palmas de Grant Canari, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Vayoming universiteti va boshqa ko‘plab davlatlar mavjud.

2018-yil universitetimizda Rossiyaning Ural davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari ishga tushurildi – deb ta’kidlandi.

Universitet zamon bilan hamnafas, kundan-kunga kengayib bormoqda. Yangidan-yangi fakultet, kafedra, laboratoriya o‘quv markazlari, ixtisoslashgan tarmoq kengashlari zamonaviy talablarga muvofiq tarzda tashkil topdi. Hozirgi paytda respublikada xizmat ko‘rsatgan ko‘plab olimlar mehnat qilib kelmoqda. Ular jumlasiga 2 ta akademik, 2 ta xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 10 ta xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, 5 ta xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, xizmat ko‘rsatgan sportchi va davlat mukofoti sohiblari kiradi.

 

 

Keyingi yillarda universitet Axborot-resurs markazi – yangi o‘quv adabiyotlari bilan to‘la boyitilgan ma’naviy, ma’rifiy va madaniy markazga aylandi. Markaz respublika bo‘yicha iqtisodiy o‘quv adabiyot fondlari ichida yetakchi o‘ringa ega. Uning yangi binosida 7 ta o‘quv xonalari, 3 ta kitob bera oladigan bo‘lim, 10 ta kitob saqlash xonalari mavjud. Ularning barchasi uch qavatli axborot-resurs markazi majmuasida joylashgan. Jahonning turli mamlakatlaridan keltirilgan ingliz, fransuz, nemis, arab, turk va boshqa xorijiy tillardagi adabiyotlar to‘planganligi muhim ahamiyatga molikdir.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti haqidagi viderolik namoyish etildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berdilar.

Shu bilan bir qatorda ular tadbirdan olgan taassurotlarini aytib, mehmonlarga qiziqarli ma’ruza uchun tashakkur bildirishdi.

content.php-77

2016 yil Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida o‘tkazilgan olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritib, imtiyoz asosida Iqtisodiyot fakulteti talabaligiga qabul qilingan Abdumalik Abduqayumov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga yana bir faxrli, Xalqaro tanlov yutug‘ini sog‘a qildi.

Xabaringiz bor, shu yilning 28-30 oktyabr kunlari Urganch shahrida ilk marotaba talabalar o‘rtasida Matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazildi.

 

Unda Iqtisodiyot fakulteti talabasi Abdumalik Abduqayumov ham munosib ishtirok etib, talabalar o‘rtasida Matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaning 2-o‘rinini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan kumush medal va 2-darajali diplom sohibi bo‘ldi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk allomaning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, qolaversa, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni fundamental va aniq fanlar bilan shug‘ullanishga keng jalb etish hamda ilm-fan yo‘lida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Universitet jamoasi Abdumalik Abduqayumov bilan faxrlanadi.

content.php-77

Turizm va servis kafedrasi tomonidan Ispaniyaning Tarragona milliy universiteti professori, turizm sohasining yetakchi olimi va amaliyotchisi, Part Aventura direktori Djovani Kavallining universitetimizga tashrifi tashkil etildi.

Xalqaro turizm fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvda turizm menejmenti, turizmda logistika, O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirish va keng targ‘ib qilish yo‘llari masalalar keng yoritib berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil iyun oyida universitetimizning bir guruh talabalari va ikki nafar o‘qituvchilari aynan Tarragona universitetiga qisqa muddatli o‘quv kurslariga borib kelishgan edi.

S. Safayeva,
Turizm va servis kafedrasi dotsenti.