archive.php
content.php-77

2018-yil 1-noyabr kuni Xalqaro turizm fakultetining xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan muammoli davra suhbati tashkil etildi. Unda universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi faollari, pedagoglar, ta’lim-tarbiya maslahatchilari ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan universitet rektori, professor Bahodir Xodiyev ochib berdi. O‘z so‘zida O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqyeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga, oilaga bo‘lgan munosabat va e’tibor bilan bog‘liq ekanligini aytib, bugungi kun pedagog ayoli qiyofasi haqida fikr yuritdi.

Shundan so‘ng tadbirda ikki dolzarb mavzu: “Pedagog ayollarning ilk qadamlari” va “Ayol o‘qituvchilar uchun maxsus DReSS-KOD” mavzulari muhokama qilindi.

Ushbu tadbirning o‘tkazishda ijodiy va professional yondashilganlik barcha ishtirokchilar tamonidan alohida e’tirof etildi.

Tadbirda maxsus ekspert tadbirkor ayol, modeler Ozoda Kodirova o‘z liboslari bilan qatnashdi.

Davra suhbati qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.