archive.php
content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-sonli talabalar turar joyining “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida O‘zbekiston Xalq artisti Mehri Bekjonova ishtirokida madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Yoshlar ta’lim-tarbiyasida yoshi ulug‘, el tanigan shoir, yozuvchi, olimlar va xalq artistlari bilan uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi vaqtlarda Iqtisodiyot fakulteti tomonidan talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasini milliy urf-odat, qadriyat va an’analarni hurmat qilgan holda tarbiyalash, zamonaviy bilim va tajribalarni egallash uchun noan’anaviy hayotiy turli madaniy, ma’rifiy, intelektual, siyosiy, huquqiy mazmundagi tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

 

 

Shu ma’noda, 2018-yil 13-noyabr kuni universitening Iqtisodiyot fakulteti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova bilan talaba-yoshlarning “Ikki avlod” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda universitet faollari, fakultet mas’ullari, professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Mehri Bekjonova talabalarga ibratli hayotiy-tarbiyaviy ahamiyatdagi ma’lumotlarni keltirdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob olishdi.

Shahnoza RAHMATULLAYEVA,
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti

content.php-77

Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i – g‘ururimiz, iftixorimiz!” mavzusida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki, u xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. O‘zbekistonimiz istiqlolga erishgach, eng avvalo, Davlatimiz ramzlari tasdiqlandi. 1991 yil 18 noyabr xalqimiz yodida o‘chmas va qutlug‘ sana bo‘lib qoldi. Har yili sana munosabati bilan Respublikamizning barcha go‘shalarida ko‘tarinki kayfiyatda qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

 

 

Shu ma’noda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i – g‘ururimiz, iftixorimiz!” mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Begmat Maxsudov ochib, tadbir mazmuniga oid ma’lumotlarni keltirib, barcha ishtirokchilarni vatanparvarlikka chorladi.

 

 

Tadbir avvalida madaniy tadbir ssenariysiga muvofiq Davlat bayrog‘i tantanali ravishda olib kirildi va sahnaga chiqarilib, ehtirom keltirildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, ijtimoiy-siyosiy roliklar, ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

Tadbir tashkilotchisi va ma’ruzachisi O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazarisi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Nargiza Umrzoqova ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i bilan bog‘liq ma’lumotlarni batafsil keltirib o‘tdi.

Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Muxlisa MAMATQULOVA, Ta’lim-tarbiya maslahtachisi

content.php-77

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim sifatini oshirish, dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi tomonidan ochiq darslar tashkil etilmoqda.

Dars mashg‘ulotlari 2018-yil 13-, 14- va 16-noyabr kunlari 1-bino 412-xonada soat 900dan 1200gacha bo‘lib o‘tmoqda.

Ochiq dars mashg‘ulotida ma’ruzachi sifatida Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Karlov universitetining Demografiya kafedrasi mudiri, professor Tomash Kuchera ishtirok etmoqda.

Ushbu o‘quv darsida “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Kadrlar menejmenti”, “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”, “Kadrlar menejmenti” kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etmoqda.

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi mudiri Gulnora Abdurahmonovaning bizga bildirishicha, ushbu ochiq dars mashg‘ulotining tashkil etilishi xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishda kafedra professor-o‘qituvchilariga namuna bo‘lish bilan birga, talabalarning jahon ta’lim andozalari asosida ilm olishiga ko‘makdosh bo‘ladi.

TDIU Axborot xizmati

content.php-77

Bugun, 12-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga AQShning Janubiy Korolina universiteti “Mehmonxona, restoran va turizm menejmenti” fakulteti direktori Martin Drew hamda “Chakana savdo” kafedrasi mudiri Mark Rosenbaum tashrif byuurdi.

 

 

Janubiy Korolina universiteti vakillari avvalo, universitetda o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar hamda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar bilan muloqot qildilar.

 

 

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Bahodir Xodiev Dr. Martin Drew va Dr. Mark Rosenbaumni qabul qildi.

 

 

O‘zaro muloqot davomida servis, turizm va mehmonxona xizmatini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish, bunda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar almashinuvi va ularning tadqiqot olib borishlari uchun o‘quvlar tashkil etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hammualliflikda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o‘tildi.

Muzokaralarda ta’lim grantlari bo‘yicha Fulbright jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan xalqaro loyihalarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning Janubiy Korolina universitetida stajirovkasini tashkil etish, Magistratura bosqichi talabalari va doktorantlar uchun masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish, ular tomonidan turizm, mehmonxona, restoran xizmati va servis marketingi sohasida Janubiy Korolina universiteti professor-o‘qituvchilari, olimlari rahbarligida dissertatsiyalar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

 

 

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar uchun yozgi maktablarni tashkil etish, xalqaro sertifikat talablari asosida turoperator, turagent va boshqa turistik kompaniyalarda ishlayotgan xodimlarning malakasini muntazam ravishda oshirib borish, AQShning “Journal of Services Marketing” jurnalida ilmiy maqolalarni nashr etish tizimini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ham tomonlarning munozara markazida bo‘ldi.

 

 

O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bazasida “Servis menejmenti markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning ish rejasini ishlab chiqish, “yo‘l xaritasini tuzish va tasdiqlash, mamlakatimizga tashrif buyuradigan amerikalik turistlar uchun turli xildagi turmahsulotlar yaratish bilan bog‘liq xizmatlar, qo‘shma ilmiy-uslubiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish kabi masalalar muhokamasi qizg‘in ruhda o‘tdi.

Azizxon Tillaxo‘jayev, Xalqaro turizm fakulteti dekani muovini

content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE yo‘nalishi bo‘yicha grantini qo‘lga kiritganini ma’lum qiladi.

Loyiha “Markaziy Osiyoda Oliy ta’lim tizimini yangi axborot texnologiyalari orqali rivojlantirish ( HiEdTech )” deb nomlanadi.

Loyiha bo‘yicha asosiy hamkor Bolgariyaning Ruse shahrida joylashgan University of Ruse Angel Kanchev nomidagi universitet hisoblanadi.

Universitetlararo hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishi bo‘yicha ushbu loyiha 36 oyga mo‘ljallangan.

O‘zbekistondan loyiha ishtirokchi OTMlar: TDIU, TATU va Andijon mashinasozlik instituti. Shuningdek, loyihada Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Qozoqiston, Qirg‘izston, Tojikiston, Turkmaniston universitetlari ishtirok etadi.

TDIU loyiha koordinatori:

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Obidjon Hamidov.

Loyiha ijrochisi:

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Azizjon Bobojonov.

Hozirda loyiha bo‘yicha keng tarkibdagi ishchi guruh shakllantirilmoqda. Shu munosabat bilan loyiha ishchi guruhiga tanlov e’lon qilinadi.

Loyihada ishtirok etuvchilarga asosiy mezon Ingliz tili va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasi hisoblanadi.

Loyihada ishtirok etish uchun o‘z rezyumeningizni a.bobojonov@tsue.uz pochta manziliga yo‘llashingiz mumkin

Saralash natijalariga ko‘ra suhbat o‘tkaziladi.

content.php-77

Prezidentimiz tomonidan 21-sentabr 2018-yil tasdiqlangan “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonning “Yo‘l xaritasi”da ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha 2021 yilgacha ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘larini YAIM ning 0.21 foizi dan 0.8 foizgacha oshirish vazifasi bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Forsyte metodologiyasi bo‘yicha tadbir tashkil etilmoqda.

O‘z taklif va mulohazalarini bildirmoqchi bo‘lgan barcha hamyurtlarimizni 20-noyabr 2018-yil rejalashtirilayotgan tadbirga taklif etamiz.

Tadbirda ishtirok etishni istovchilar joriy yilning 16-noyabr kuniga qadar ro‘yhatdan o‘tish uchun real_sector@mininnovation.uz elektron manziliga ismi-sharifi, ishlash joyi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari va elektron manzillarini yuborishlari mumkin.

Vatanimizning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda bilim va tajribangiz bilan o‘z hissangizni qo‘shing!

content.php-77

2018-yil 9-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Quyi palatadagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

 

Tadbirni Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Abdug‘affor Qirg‘izboev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Quyi palata deputatlari Nodirjon Muxtorov va Odinaxon Jamoldinovna ishtirokchilarga “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

 

 

Shundan so‘ng, Turizm va servis kafedrasi mudiri Muhammadsidiq Omonov “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mutaxassislarining takliflari” mavzusidagi ma’ruza qildi.

 

 

Tadbirda deputatlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar, turoperatorlar va turagentlar, mehmonxona xo‘jaligi yurituvchilar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Azizxon Tillaxo‘jayev, Xalqaro turizm fakulteti dekani muovini

content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bo‘limi tomonidan «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning xorij tajribasi» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sherzod Mustafaqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

 

 

Ilmiy-amaliy seminarda Magistraturaning 2-bosqich talabalari Bobur Olimjonov «Janubiy Koreya elektron hukumati», Jasurbek Rustamov «Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning istiqbollari», Jahongir Murodov «Raqamli iqtisodiyotning makroiqtisodiy masalalari» mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

 

 

Seminarda muhokama qilingan mavzular yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi va atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Janubiy Koreya elektron hukumati

Raqamli iqtisodiyotning makroiqtisodiy masalalari

Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning istiqbollari

content.php-77

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 307-sonli umumiy o‘rta maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

 

 

Tashrif davomida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda Xalqaro turizm fakulteti Turizm va servis kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ochiq osmon ostidagi muzeyi va Xalqaro turizm fakulteti o‘quv labaratoriyalari bilan tanishishdi.

content.php-77

2018-yil 9-noyabr kuni professor-o‘qituvchilar va doktorantlar uchun o‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida xorijiy ilmiy nashrlardan tez va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishlari va ilmiy maqolalar nashr etishning samaradorligini oshirish maqsadida “Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘limi tomonidan “SCOPUS jurnallarida maqolalar nashr etish muammolari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

 

 

Seminar mashg‘ulotini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sherzod Mustofaqulov kirish so‘z bilan ochib berdi. Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa ilmiy innovatsion ishlar samaradorligi, SCOPUS jurnallarida nashr qilish to‘g‘risida to‘xtaldi.

Seminar mashg‘ulotini Dublin City University professori doktor, Abel Polese olib bordi. Doktor Abel Polese tomonidan turli ilmiy jurnallarda maqolalarni yozish bo‘yicha bir qator masalalar yoritib berildi. Doktor Abel Polese SCOPUS va akademik hayotga bag‘ishlangan “The SCOPUS Diaries and the (il)logics of Academic Survival” nomli kitobini universitetimizga taqdim etdi.

 

 

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga doktor Abel Polese tomonidan to‘liq javob olishdi.

Seminar mashg‘uloti professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarga o‘z ilmiy maqolalarini chiqarishlari uchun keng imkoniyat ochib berdi.

Ushbu kitobning elektron nusxasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇 👇👇👇

The SCOPUS Diaries and the (il)logics of Academic Survival

Masturaxon Haydarova