YANGILIKLAR

Kun: 17.10.2018

Iqtisodiyot fakulteti talabalari “O‘zbek tiliga hurmat-ajdodlarga ehtirom!” shiori ostida poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

21 oktyabr O‘zbekistonda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

1989 yilning 21 oktyabr’ sanasi mamlakatimiz tarixida buyuk voqyea hali mustaqilligimiz e’lon qilinmay turib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Darhaqiqat, mutafakkir shoirlarimiz asarlarida “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadigandurg‘on kuch til va adabiyotdir” deb yoziladi. Sana munosabati bilan Yurtimizning barcha go‘shalarida turli ijtimoiy-siyosiy tadbirlar, badiiy kechalar o‘tkazib kelinmoqda.

 

 

Shu ma’noda 2018-yilning 16-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti talabalari poytaxtimizdagi Alisher Navoiy haykali va adiblar hiyobonida bo‘ldilar. Buyuk ajdodlarimiz siymosi gavdalangan san’at asarlari, jo‘shqin kayfiyatda o‘tkazilayotgan she’riyat, adabiyot tadbiri talaba yoshlar ongida tilimiz, madaniyatimizga va buyuk kelajagimizga bo‘lgan qat’iy ishonchni yana bir bor yuksak shakllantirdi. Ma’naviyati boy o‘z tili va yurtini asrab-avaylaguvchi, yanada rivojlantiruvchi o‘zbek yoshlari aminmizki mana shunday tadbir va uchrashuvlar orqali ham ma’nan ham fikran yuksalish sari yuz tutadilar!

Tashrif davomida xiyobonda joylashgan “Yozuvchilar uyushmasi” binosiga kirib shoirlar bilan “O‘zbek tiliga hurmat – ajdodlarga ehtirom!” mavzusi mazmun mohiyati dorasida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Talabalar tashrif so‘ngida ko‘plab taassurotlar bilan qaytishdi. Akademik guruhlarda tashrifdan olingan taassurotlar va ma’lumotlar yetkazildi.

Muxlisa MAMATQULOVA,
Iqtisodiyot fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchisi

2018-yil 16-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tomonidan 2-sonli talabalar turar joyining “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida “Til millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

21 oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Mana ushbu kunga ham 29 yil to‘ldi. Shu qisqa davr ichida xalqimiz ona tilimiz – inson ma’naviyatining ko‘zgusi, uni asrab avaylash har birimizning eng oliy burchlarimizdan biri ekanligini anglab yetdi. Bayram munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Maqsad: ona tilimizning boy ma’naviy me’ros ekanligini, uni ajdodlarimizdan qanday olgan bo‘lsak avlodlarga ham o‘z holicha yetkazish zarurligini yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.

 

 

Shu ma’noda Iqtisodiyot fakulteti Makroiqtisodiyot kafedrasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Adabiy dramatik eshittrishlar studiyasi muharriri, taniqli shoir Yahyo Tog‘a hamda O‘zbekiston Ovozi gazetasi bo‘limi muharriri, taniqli shoir Nurilla Ostonlarni taklif etishdi.

 

 

Tashrif buyurgan shoirlar talaba-yoshlarga “Til millat ko‘zgusi” mavzusi doirasida keng ma’lumotlarni hayotiy misollarga keltirib o‘tishdi. Tadbirda ishtirok etgan dekanat, kafedra a’zolari, ta’lim tarbiya maslahatchilari, talaba-yoshlar o‘zbek tilining tarixi va bugungi holati, muammolari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Ijodkorlar tadbir davomida o‘zlarining ijodlarida she’rlarni o‘qib berdilar.

Iskandar YAKUBOV,
Makroiqtisodiyot kafedrasi dotsenti