YANGILIKLAR

Kun: 09.10.2018

Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, fan-texnika taraqqiyoti o‘zgarishlari tezligi, inson va kapital resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kabi omillar mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Ushbu bashoratlarga ko‘ra, mamlakatni sifat jihatdan yangi bosqichda rivojlanishga ko‘tarish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.

 

 

2018-yil 9-oktabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi hamkorligida yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, olib borilgan tadqiqotlarni keng joriy etish uchun “O‘zbekistonda innovatsion menejment strategiyalarini amalga oshirish amaliyoti” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning asosiy maqsadi yetuk olimlar va amaliyotchilarning O‘zbekistonning ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirish sohasidagi mavjud ustunliklari bo‘yicha munosabatlar va e’tiroflarni ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy baholashdan iborat. Jumladan, mamlakatning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy sharoitlari ko‘rib chiqildi.

 

 

Mazkur anjumanda iqtisodchi olimlar, ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari, amaliyotchi-mutaxassislar, shuningdek nufuzli OTM professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Anjumanda taniqli iqtisodchi-olimlar va amaliyotchilarning Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish” bo‘yicha qator islohotlarni amalga oshirishga oid taqdimotlari keltirilgan.

Avvalambor, demografik va ekologik cheklovlar sharoitida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning o‘sishi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri ostida mehnat unumdorligining o‘sishiga tayanadi. Globallashtirish harakatlari rivojlanayotgan mamlakatlarda ilg‘or texnologik yutuqlar va tadbirkorlik muhitiga moyillikni yaxshilash orqali jahon texnologik taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni kengaytirgan holda jadal o‘sish imkoniyatlariga ko‘maklashadi.

 

 

Anjumanda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq “qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlarni amalga oshirish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlab qolish, tarkibiy va institutsional islohotlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulot barqaror yuqori o‘sish sur’atini ta’minlash” talab etilishi, qayd etildi. Buning uchun an’anaviy o‘sish manbalarini safarbar etish kabi, yangi, yanada istiqbolli rivojlantirish omillarini ham ishga tushirish zarur.

Bunda, mamlakatda investitsiya muhiti va ishbilarmonlik faolligini yanada takomillashtirish, butun iqtisodiyot va uning tarmoqlari innovatsion tarkibini oshirish yo‘nalishlarini yanada chuqurlashtirish, yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni keng ko‘lamli modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar asosiy omil sifatida ilgari surilmoqda.

Bu borada, innovatsion soha va ITTKI sohasi asosan o‘zlashtirish yo‘lida rivojlanishini ham inobatga olish lozim. Iqtisodiyotning xomashyoga qaratilganligi va real investitsiyalar sektorini innovatsiyalarga modernizatsiyalash sharoitida bu asosan texnologik innovatsiyalarga xarajatlar ko‘rinishida namoyon etilishini anglatadi. Ushbu xarajatlar yangi jihozlarni xarid qilish va iqtisodiyot tarmoqlari texnologik bazasini qayta jihozlash xarajatlari ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu, korxonalarning ITTKIning YaIM xarajatlari tarkibidagi ulushi ortishiga olib keladi.

Shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda TTS, texnoparklar, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha agentliklar ko‘rinishida innovatsion infratuzilmani yaratish va elementlarini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Tnxnologik innovatsiyalardan, aynan, jihozlar xarididan o‘z texnologik ishlab chiqarishini yaratish va joriy etishga, ya’ni mavjud ilmiy salohiyatni rivojlantirish strategiyasiga o‘tishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bunga, innovatsion tizimni takomillashtirish, mazkur tizimda yangi elementlarni yaratish, ilmiy-fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi mustahkamlanishini rag‘batlantirish, innovatsion faoliyatning moliyalashtirilishini oshirish, yakuniy mahsulotga yo‘naltirilgan sanoat ishlab chiqarishini keng ko‘lamda modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar kabi jihatlarni o‘z ichiga olgan innovatsion sohaning qonunchilik asosini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashadi.

Davlat tomonidan innovatsion o‘sish uchun sanoatning ishlov beruvchi hamda qayta ishlash tamoqlarida zarur bo‘lgan yangi qat’iy texnologiyalarni aniqlashga qaratilgan yagona texnologik siyosat ishlab chiqilmoqda va olib borilmoqda.

Yalpi majlisda agrosanoat majmui tashkilotlarining innovatsion faoliyati, to‘qimachilik korxonalarining innovatsion salohiyatini takomillashtirish va innovatsiyalarga venchur kapitali kabi qator masala, mavzu va muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, barcha olimlar, jumladan xorijlik olimlarning anjuman maqolalari to‘plamiga qabul qilingan maqolalarda keltirilgan qiyosiy tanqidiy tahlillar va anjuman natijalari bo‘yicha xulosalari asosida hukumat uchun anjumanning taklif va tavsiyalari tayyorlangan.

Anjumanning tashkiliy va ijodiy-tahririy komiteti tomonidan tadqiqotchilarning “eng yaxshi maqola” deb e’tirof etilgan maqolalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan va taqriz berilgan “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” elektron jurnalida chop etishga tavsiya qilindi.

2018 yil 9 oktyabr kuni Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari poytaxtimizdagi “Ekspomarkaz” pavilionlarida tashkil etilgan IX xalqaro charm, poyabzal va charm mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif uyushtirishdi.

Xalqaro ko‘rgazmada 40dan ortiq xorijiy kompaniya va mamlakatimizdagi 100dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

Talaba-yoshlar tashrif doirasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan va iste’mol uchun taklif etilayotgan ko‘plab mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tashrif Sanoat iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariya va amaliyot hamohangligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Toliboy JO‘RAYEV,
Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti

2018-yil 9-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tomonidan “Ma’naviyat soati” darsi doirasida “Talaba-yoshlar va ilmiy innovatsion ishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan bugungi kunda ta’lim sohasida ayniqsa, ilmiy innovatsion ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bo‘limi boshlig‘i Azizjon Bobojonov 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida Respublikada, ta’lim muassasalarida, universitetda amalga oshirilgan ishlar, ilmga, innovatsiyaga va bilim olishga yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. Xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish uslublari xususida batafsil to‘xtaldi.

 

 

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Mastura HAYDAROVA,
Ta’lim-tarbiya maslahatchisi