archive.php

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talaba-yoshlari va professor o‘qituvchilari ishtirokida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmat Maxsudov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

 

 

Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash xizmati mutaxassisi Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqib, diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni, diniy bag‘rikenglikning tarixiy va huquqiy asoslari, diniy adabiyotlarni nashr etish va ekspertiza qilish sohasida O‘zbekiston tajribasi, islomdagi aqidaviy yo‘nalishlar va fiqhiy mazhablar, islom asoslarini g‘arazli maqsadlarda buzib talqin qilishning mohiyati va shakllari, insonlarni muaassib shaxslar tomonidan psixologik ta’sirga solayotgan omillar, diniy ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi, shakllanishi, yoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta’siridan asrashning dolzarb masalalari va axborot xurujlarining namoyon bo‘lish shakllari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 

 

Tadbirda so‘z olgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Nuriddin Qalqonov yoshlarimiz bugungi kun o‘zgarishlariga, mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi. Lekin, ming afsuslar va nadomatlar bo‘lsinki, ba’zi bir yoshlarimiz har xil oqimlarga qo‘shilishi va “ommaviy madaniyat” deb atalmish bizning urf odatlarimizga mutloqa zid bo‘lgan ishlarga aralashib qolishlari tabimizni xira qiladi.

 

 

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan talaba-yoshlarga mavzu doirasida tegishli tavsiyalar ham berildi. Talaba-yoshlar tadbirdan ko‘tarinki ruh hamda zavq-shavq olishdi.

Tadbir yakunida fakultet dekani Mansur Eshov barcha tadbir ishtirokchilariga va mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.

Baxtiyor NASIMOV,
fakultet dekani muovini.