YANGILIKLAR

Kun: 06.10.2018

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Korporativ boshqaruv fakulteti Menejment kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda innovatsion menejment strategiyalarini amalga oshirish tajribasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2018-yil 9-oktabrda soat 9:00 da 2-binoning majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

 

Konferensiya dasturi

Press-reliz

 

2018-yil 5-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda i.f.d., professor Gulchehra Axunova universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining 2014-2018 yildagi faoliyatiga doir hisoboti tinglandi.

 

 

TDIUda bugungi kunda 15 nafar fan doktori, 7 nafar professor, 8 nafar kafedra mudiri, 42 nafar fan nomzodi, 76 nafar katta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, 1081 nafar talaba-qiz tahsil oladi.

Konferensiya, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tib, erishilgan yutuqlar bilan birga e’tibor qaratish zarur bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

 

Jumladan, bugungi kunda olima ayollar oldida turgan vazifalar:

  • ilmli ayollarni mahallalarga jalb etish;
  • chet eldan kelgan olimalar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
  • turli darajadagi respublika va xalqaro grantlar olish;
  • “Ilm yulduzlari” tanloviga yosh olimalarni tayyorlash;
  • Innovatsion g‘oyalar bilan ishtirok etish;
  • “2019-2021 yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida” Prezident Farmoni 2018 yil 21 sentyabrda qabul qilinishi asosiy vazifalardan hisoblanadi. Yurtimizda 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati tarkibiga kiritishdan iboratdir.

Shuningdek, talabalar turar joylaridagi faoliyatni kuchaytirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning sport bilan shug‘ullanishlari, turli to‘garaklarga jalb etish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

 

Konferensiya ishida Chilonzor tuman hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora G‘anieva, Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik xodimlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Ma’firat Qosimova, universitet olima ayollar kengashi raisi Shahnoza Ergashxo‘jayeva, professor Muhabbat Hakimova, Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri Mavluda Asqarova va boshqalar so‘zga chiqib, universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining o‘tgan davrdagi faoliyatiga yuqori baho berib, galdagi vazifalar yuzasidan takliflar bildirdilar.

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi etib, kelgusi 5 yilga Gulchehra Axunova saylandi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faollari ro‘yxati

Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti boshqaruv tizimi faollari

1 Axunova Gulchexra Nazarovna Iqtisod fanlari doktori, professor Markaz direktori Iqtisod fanlari doktori,

professor

2 Kasimova Mafirat Sabirovna Ilmiy tadqiqot va IPKT bo‘limi Bo‘lim boshlig‘i Professor
3 Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna Bank ishi fakulteti marketing kafedrasi Kafedra mudiri Iqtisod fanlari doktori, dotsent
4 Abduxalilova Laylo Toxtasinovna Marketing kafedrasi Dotsent Dotsent
5 Ganieva Muborak Adilovna Demokratik

davlat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Dotsent Dotsent
6 Askarova Mavluda Turabovna Iqtisodiyot fakulteti makroiqtisodiyot kafedrasi Kafedra mudiri Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
7 Karrieva Yakutdjan Karimovna Logistika va infratuzilmani rivojlantirish kafedrasi Professor Professor
8 Abduraxmonova Gulnora Qalandarovna Iqtisodiyot fakulteti mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi Kafedra mudiri Iqtisod fanlari doktori, dotsent
9 Karlыbaeva Raya Xojabaevna Korporativ boshqaruv kafedrasi Dotsent Iqtisod fanlari doktori,

Dotsent

10 Xakimova Muxabbat Fayzievna Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi Professor Professor
11 Mingazova Liliya Rifkatovna Xodimlar bo‘limi Boshliq
12 Sobirjonova Xolida Malikovna O‘quv-uslubiy boshqarma Metodist
13 Samatova Noila Subxanovna TDIU bosh buxgalteri o‘rinbosari Bosh buxgalter

o‘rinbosari

 

Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari ro‘yxati

 

1 Jukovskaya Irina yevgenevna Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 8iqtisodiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi Kafedra mudiri Iqtisod fanlari nomzodi
2 Maksudova Dilshoda Kaxromonovna Fakultetlararo umumta’lim kafedralari ingliz tili kafedrasi Kafedra mudiri
3 Umarxodjaeva Muyassarxon Ganievna Menejment fakulteti menejment kafedrasi Dotsent Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
4 Ergasheva Shaxlo Turgunovna Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti buxgalteriya hisobi kafedrasi Dotsent Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
5 Yaxshieva Mavluda Tursunovna Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi Dotsent Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
6 Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna Iqtisodiyot fakulteti kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi Dotsent Psixologiya fanlari nomzodi
7 Qosimova Dilorom Sobirovna Logistika va infratuzilmani rivojlantirish kafedrasi Professor Professor
8 Jalolova Iroda Maxmudjanovna fakultetlararo umumta’lim kafedralari ingliz tili kafedrasi Katta o‘qituvchi
9 Nazarova Barnaxan Masharipovna Fakultetlararo umumta’lim kafedralari ingliz tili kafedrasi Katta o‘qituvchi
10 Begmatova Dilorom Baxodirovna Korporativ boshqaruv fakulteti, korporativ boshqaruv kafedrasi Kafedra mudiri Katta o‘qituvchi
11 Xashimova Dilyora Paxritdinovna Iqtisodiyotda Axborot tizimlari fakulteti iqtisodiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi Katta o‘qituvchi
12 Safaeva Sayyora Rixsibaevna Xalqaro turizm fakulteti turizm va servis kafedrasi Dotsent Dotsent
13 Shayusupova Nargiza Turgunovna Iqtisodiyot fakulteti mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi Kafedra mudiri Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
14 Kamalova Malika Nizamovna Fakultetlararo umumta’lim kafedralari jahon tillari kafedrasi Kafedra mudiri Pedagogika fanlari nomzodi
15 Raximbabaeva Nigora Abdurasulovna Ijtimoiy fanlar kafedrasi Dotsent Dotsent
16 Kuzieva Nargiza Ramazanovna Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti moliya va soliqlar kafedrasi Professor Professor
17 Ruzieva Dilobar Isomjonovna Iqtisodiyot fakulteti sanoat iqtisodiyoti kafedrasi Dotsent Dotsent