archive.php

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni ijrosini ta’minlash, maqsadida joriy yilning 3-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmat Maxsudov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan 27-iyunda «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi tasdiqlanganligi, ushbu hujjatda yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilganligi, 1-iyuldan boshlab mamlakatning barcha tuman va shaharlarida Dasturning ijrosi joriy etila boshlanganligi xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazning Toshkent shahar Kengashi raisi Jahongir Saidqulov so‘zga chiqib, Dasturdan o‘rin olgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etilganligi, uning mablag‘lari yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish, Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar bo‘yicha kredit hajmining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafilliklar berishga sarflanishi xususida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, u o‘z so‘zida jamg‘arma mablag‘lari Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg‘arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish, tegishli ko‘nikmalarga ega band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‘maklashish hamda yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularga biznes yuritish ko‘nikmalarini singdirishga yo‘naltirishi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining bosh mutaxassisi, biznes trener Javohir Xalilovich so‘zga chiqib, Davlat-xususiy sheriklik shartlarida yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlarini qurish ko‘zda tutilganligi bo‘yicha batafsil to‘xtab o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalarining tadbirkorlik faoliyati xususidagi fikrlari hamda qiziqishlari o‘rganildi.

Shuningdek, tashrif buyurgan tajribali mutaxassislar talabalarga ishbilarmon kishi qanday bo‘lishi, tadbirkorlikning o‘ziga xos tomonlari xususida atroflicha suhbatlashib o‘tildi.

Iqtisodiyot fakulteti tomonidan 2-sonli talabalar turar joyining “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida “Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarfadori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan vazifalar ya’ni, aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya, ommaviy sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi.

 

 

Shu ma’noda universitetda sport tadbirlari keng yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda Iqtisodiyot fakulteti va Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan “Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarfadori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Osiyoda, O‘zbekistonda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan chempion yosh sportchi qizlar Madina Rixsiboeva, Nodira Ro‘ziboeva, Karaboeva Laziza, NargizaTolipovalar hamda fakultet dekanati va Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi. Sportchi qizlarimiz davra suhbati ishtirokchilariga erishgan yutuqlar va o‘z oldiga qo‘ygan ulkan marralar va ibratli g‘oyalarni keltirib o‘tishdi. Shuningdek, so‘z olganlar sportni inson hayotidagi o‘rni, sog‘lom tanda – sog‘lom aql, sportni kundalik turmush tarziga aylantirish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.

 

 

Gulasal MADRAHIMOVA,
Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi assisenti