YANGILIKLAR

Kun: 02.10.2018

Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun “Ma’naviyat soati”da “Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli hujjatli filmi namoyish etildi.

 

 

Yurtimizda o‘sib kelayotgan yoshlarimizni Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash, zamonaviy ilm-fan sirlarini o‘rganish, yuksak texnologiyalarni o‘zlashtirishni keng targ‘ib etish maqsadida “Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli hujjatli film 2018 yilning 25-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston”, “Mahalla” telekanallari orqali namoyish etildi. Ayni kunda Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida ushbu hujjatli film keng namoyish etilib, mazmun-mohiyati soha mutaxassislari orqali yoritib berilmoqda.

 

 

Iqtisodiyot fakulteti talabalariga ham “Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli hujjatli filmi namoyish etildi va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan filmda keltirilgan ma’lumotlar, lavhalar mazmun-mohiyati talabalarga atroflicha yoritib berildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Azizbek AMONOV,
Iqtisodiyot fakulteti dekani muovini

Tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) tegishli ixtisosliklar bo‘yicha qabul kvotasi

 

Ixtisoslik shifri va nomi

Tayanch doktoranturaga (PhD) qabul kvotasi  

Doktoranturaga (DSc) qabul kvotasi

1. 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi 1  
2. 08.00.02 – Makroiqtisodiyot 3  
3. 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti 3  
4. 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 2  
5. 08.00.06 – Ekonometrika va statistika 2  
6. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit 3 1
7. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 2 1
8. 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti 1  
9. 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 1  
10. 08.00.11 – Marketing 4  
11. 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot 1  
12. 08.00.13 – Menejment 3  
13. 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 1  
14. 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 2  
15. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa 2  
16. 13.00.12 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi 1  

JAMI

32 2