archive.php

O‘zbekiston Respublika va Rossiya Federatsiyasining qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” o‘tkazilmoqda.

Xalqaro forum shu yilning 18-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadi. Unda ikki davlat Prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Xalqaro forumning maqsadi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Birinchi marta o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida, dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi.

Mazkur nufuzli anjumanda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratiladi.

Xalqaro forum doirasida Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”ning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi natijasida:

  • Rossiya Federatsiyasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining yurtimizda filiallarini tashkil etish, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik tayyorgarlik, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, talabalarning ilmiy va innovatsion forumlarini o‘tkazish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar va boshqa tadbirlarni olib borish borasida kelishuvlarga erishiladi;
  • kelishuvga erishilgan yangi filial va qo‘shma dasturlarda iqtisodiyotimizning real sektorlarida ehtiyoj mavjud bo‘lgan kadrlar xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi;
  • ikki davlat oliy ta’lim muassasalari uchun muloqot kanali tashkil etilib, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kelishuvga erishish uchun imkoniyat yaratildi.

Umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bunda o‘qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Shoyhontohur tumanidagi 34-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilik memorandumini imzolangan edi.

 

 

Ushbu memorandumning 7-bandida “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etib borish, bunda o‘quvchilarga qiziqishlari bo‘yicha ekskursiyalar tashkil etish orqali ARM, ATM, laboratoriya, muzeylar, ma’ruza zallari va talabalar bilan o‘tkaziladigan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish” nazarda tutilgan.

 

 

Shu maqsadda Shayxontohur tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ta’lim dargohimizga tashrif buyurdilar.

 

 

Tashrif buyuruvchilar universitet rektori, professor Bahodir Xodiev bilan uchrashuvda inson umri, undan unumli foydalanish, ilm olish mashaqqati, universitet hayoti, ota-onaga hurmat, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish xususida suhbatlashdilar.

 

 

Inson hayotga kelar ekan, turli sinovlarni yengib, o‘zi uchun baxt deb biluvchi mavqyega intiladi. Kimdir ushbu mavqyega 10 yillarda erishadi, kimdir esa 1 yilda. Bu uning uchun berilgan sarmoya — vaqtdan qanchalik oqilona foydalanishiga bog‘liq hodisa. Berilgan umr soatlaridan ota-onaga, oilaga, do‘stlarga, ilm olishga, ezgu maqsad sari intilishga sarf etilsa, inson jismonan mavjud bo‘lmasada, buyuk ajdodlarimiz singari asrlar osha yashayveradilar. To‘g‘ri taqsimlangan vaqt, oqar suv kabi o‘tuvchi vaqtdan maqsadli foydalanish insonni ulug‘laydi. Siz ham o‘zingizga berilgan imkoniyatdan samarali foydalanasiz degan umiddaman, deya ta’kidlab o‘tdi universitet rektori.

 

 

O‘quvchilar universitet fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, xorijiy davlatlar bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari xususidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

 

Shundan so‘ng, Shoyhontohur tumanidagi 34-sonli o‘rta umumta’lim maktabning iqtidorli o‘quvchilari — BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati vitse-chempioni Bobur Rasulov, Fan olimpiadasining shahar bosqichi g‘olibasi Sarvara Ergasheva, Fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘olibi Akbar Murodov, Fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘olibasi Mohira Tolipova, Fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘olibasi Malika Bahromovalarga universitet rektorining esdalik sovg‘alari hamda maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.

 

 

Tashrif davomida 34-sonli o‘rta umumta’lim maktabi vakillari ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, o‘quv laboratoriyalari, TDIUning Ural davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bilan tanishdilar.

TDIU Axborot xizmati

Iqtisodiyot nazariyasi kafedarsi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Talabalar tartib-intizomi – muhim ahamiyat ega” mavzusida davra suhbati tashkil etiдdi.

Tadbir avvalida, fakultet dekanati, kafedra professor-o‘qituvchilari va ta’lim-tarbiya maslahatchilari talabalarning yashash xonalarini ko‘zdan kechirib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Talabalar turar joyining “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda talabalarga “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari”, universitet ichki-tartib qoidalari xususan, talabalar turar joylarida yashovchi talabalarning majburiyatlari eslatib o‘tildi. Tadbir davomida talabalr o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Sohib TOPILDIYEV,
Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti

Iqtisodiyot fakulteti talabalari poytaxtimizdagi “Next” savdo majmuasida tashkil etilgan “Huquqiy bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etishdi.

 

 

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolar ayniqsa, ta’lim muassasalari talaba-yoshlar huquqiy bilimi va savodxonligini oshirish borasida qator targ‘ibot-tashviqot, turli ko‘rinishdagi tadbirlar o‘tkazib kelinyapti. Ularning navbatdagisi 2018-yil 11-oktabr kuni Adliya vazirligi tomonidan “Next” savdo majmuasida tashkil etildi. Unda Adliya vazirligining mutasaddilari, ta’lim muassasalari hamda Iqtisodiyot fakultetining 50dan ortiq talaba-yoshlari faol ishtirok etib qaytishdi.

 

 

Tadbir davomida talaba-yoshlar tashkil etilgan turli intelektual, intraktiv va xeshtek loyihalarida ishtirok etishdi va o‘zlariga keraklicha ma’lumotni olib, katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Mastura HAYDAROVA,
Iqtisodiyot fakulteti
Ta’lim-tarbiya maslahatchisi

Bugun, 10-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Shoyhontohur tumanidagi 20-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tashrif buyuruvchilar dastavval universitet rektori, professor Bahodir Xodiev bilan uchrashdilar. O‘zaro muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet rektori ta’lim jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari, ta’lim sifatini oshirish borasidagi amaliy sa’y-harakatlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. Kelajagimiz egalariga inson umri, har bir vaqtning g‘animatligi, undan maqsadli va samarali foydalanish insonni yuksak cho‘qqilarga olib chiqishi xususida gapirib o‘tdi. Jumladan, ota-ona uchun eng qadrli sovg‘a bu – farzandining o‘z intilishi va iqtidori bilan muvaffaqiyatlarga erishishi ekanligi, buning uchun berilgan umrdan maqsadli foydalanish zarurligini qayd etib o‘tdi.

 

 

O‘quvchilar universitet boshqaruvi, uning tarixi, fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy grand va loyihalar haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

 

Shundan so‘ng, Shoyhontohur tumanidagi 20-sonli o‘rta umumta’lim maktabning iqtidorli o‘quvchilari — “Kitob mening taqdirimda” tanlovi g‘olibasi Shirin Vohidova, tuman fan olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan Robiya Abdulhakimova, futbol bo‘yicha shahar chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Anvarxo‘ja G‘anixo‘jaevlarga universitet rektorining esdalik sovg‘alari hamda maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.

 

 

Tashrif davomida 20-sonli o‘rta umumta’lim maktabi vakillari ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, o‘quv laboratoriyalari, TDIUning Ural davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bilan tanishdilar.

TDIU Axborot xizmati

Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, fan-texnika taraqqiyoti o‘zgarishlari tezligi, inson va kapital resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kabi omillar mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Ushbu bashoratlarga ko‘ra, mamlakatni sifat jihatdan yangi bosqichda rivojlanishga ko‘tarish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.

 

 

2018-yil 9-oktabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi hamkorligida yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, olib borilgan tadqiqotlarni keng joriy etish uchun “O‘zbekistonda innovatsion menejment strategiyalarini amalga oshirish amaliyoti” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning asosiy maqsadi yetuk olimlar va amaliyotchilarning O‘zbekistonning ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirish sohasidagi mavjud ustunliklari bo‘yicha munosabatlar va e’tiroflarni ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy baholashdan iborat. Jumladan, mamlakatning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy sharoitlari ko‘rib chiqildi.

 

 

Mazkur anjumanda iqtisodchi olimlar, ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari, amaliyotchi-mutaxassislar, shuningdek nufuzli OTM professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Anjumanda taniqli iqtisodchi-olimlar va amaliyotchilarning Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish” bo‘yicha qator islohotlarni amalga oshirishga oid taqdimotlari keltirilgan.

Avvalambor, demografik va ekologik cheklovlar sharoitida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning o‘sishi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri ostida mehnat unumdorligining o‘sishiga tayanadi. Globallashtirish harakatlari rivojlanayotgan mamlakatlarda ilg‘or texnologik yutuqlar va tadbirkorlik muhitiga moyillikni yaxshilash orqali jahon texnologik taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni kengaytirgan holda jadal o‘sish imkoniyatlariga ko‘maklashadi.

 

 

Anjumanda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq “qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlarni amalga oshirish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlab qolish, tarkibiy va institutsional islohotlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulot barqaror yuqori o‘sish sur’atini ta’minlash” talab etilishi, qayd etildi. Buning uchun an’anaviy o‘sish manbalarini safarbar etish kabi, yangi, yanada istiqbolli rivojlantirish omillarini ham ishga tushirish zarur.

Bunda, mamlakatda investitsiya muhiti va ishbilarmonlik faolligini yanada takomillashtirish, butun iqtisodiyot va uning tarmoqlari innovatsion tarkibini oshirish yo‘nalishlarini yanada chuqurlashtirish, yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni keng ko‘lamli modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar asosiy omil sifatida ilgari surilmoqda.

Bu borada, innovatsion soha va ITTKI sohasi asosan o‘zlashtirish yo‘lida rivojlanishini ham inobatga olish lozim. Iqtisodiyotning xomashyoga qaratilganligi va real investitsiyalar sektorini innovatsiyalarga modernizatsiyalash sharoitida bu asosan texnologik innovatsiyalarga xarajatlar ko‘rinishida namoyon etilishini anglatadi. Ushbu xarajatlar yangi jihozlarni xarid qilish va iqtisodiyot tarmoqlari texnologik bazasini qayta jihozlash xarajatlari ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu, korxonalarning ITTKIning YaIM xarajatlari tarkibidagi ulushi ortishiga olib keladi.

Shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda TTS, texnoparklar, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha agentliklar ko‘rinishida innovatsion infratuzilmani yaratish va elementlarini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Tnxnologik innovatsiyalardan, aynan, jihozlar xarididan o‘z texnologik ishlab chiqarishini yaratish va joriy etishga, ya’ni mavjud ilmiy salohiyatni rivojlantirish strategiyasiga o‘tishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bunga, innovatsion tizimni takomillashtirish, mazkur tizimda yangi elementlarni yaratish, ilmiy-fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi mustahkamlanishini rag‘batlantirish, innovatsion faoliyatning moliyalashtirilishini oshirish, yakuniy mahsulotga yo‘naltirilgan sanoat ishlab chiqarishini keng ko‘lamda modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar kabi jihatlarni o‘z ichiga olgan innovatsion sohaning qonunchilik asosini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashadi.

Davlat tomonidan innovatsion o‘sish uchun sanoatning ishlov beruvchi hamda qayta ishlash tamoqlarida zarur bo‘lgan yangi qat’iy texnologiyalarni aniqlashga qaratilgan yagona texnologik siyosat ishlab chiqilmoqda va olib borilmoqda.

Yalpi majlisda agrosanoat majmui tashkilotlarining innovatsion faoliyati, to‘qimachilik korxonalarining innovatsion salohiyatini takomillashtirish va innovatsiyalarga venchur kapitali kabi qator masala, mavzu va muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, barcha olimlar, jumladan xorijlik olimlarning anjuman maqolalari to‘plamiga qabul qilingan maqolalarda keltirilgan qiyosiy tanqidiy tahlillar va anjuman natijalari bo‘yicha xulosalari asosida hukumat uchun anjumanning taklif va tavsiyalari tayyorlangan.

Anjumanning tashkiliy va ijodiy-tahririy komiteti tomonidan tadqiqotchilarning “eng yaxshi maqola” deb e’tirof etilgan maqolalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan va taqriz berilgan “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” elektron jurnalida chop etishga tavsiya qilindi.

2018 yil 9 oktyabr kuni Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari poytaxtimizdagi “Ekspomarkaz” pavilionlarida tashkil etilgan IX xalqaro charm, poyabzal va charm mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif uyushtirishdi.

Xalqaro ko‘rgazmada 40dan ortiq xorijiy kompaniya va mamlakatimizdagi 100dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

Talaba-yoshlar tashrif doirasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan va iste’mol uchun taklif etilayotgan ko‘plab mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tashrif Sanoat iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariya va amaliyot hamohangligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Toliboy JO‘RAYEV,
Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti

2018-yil 9-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tomonidan “Ma’naviyat soati” darsi doirasida “Talaba-yoshlar va ilmiy innovatsion ishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan bugungi kunda ta’lim sohasida ayniqsa, ilmiy innovatsion ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bo‘limi boshlig‘i Azizjon Bobojonov 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida Respublikada, ta’lim muassasalarida, universitetda amalga oshirilgan ishlar, ilmga, innovatsiyaga va bilim olishga yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. Xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish uslublari xususida batafsil to‘xtaldi.

 

 

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Mastura HAYDAROVA,
Ta’lim-tarbiya maslahatchisi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talaba-yoshlari va professor o‘qituvchilari ishtirokida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Begmat Maxsudov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

 

 

Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash xizmati mutaxassisi Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqib, diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni, diniy bag‘rikenglikning tarixiy va huquqiy asoslari, diniy adabiyotlarni nashr etish va ekspertiza qilish sohasida O‘zbekiston tajribasi, islomdagi aqidaviy yo‘nalishlar va fiqhiy mazhablar, islom asoslarini g‘arazli maqsadlarda buzib talqin qilishning mohiyati va shakllari, insonlarni muaassib shaxslar tomonidan psixologik ta’sirga solayotgan omillar, diniy ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi, shakllanishi, yoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta’siridan asrashning dolzarb masalalari va axborot xurujlarining namoyon bo‘lish shakllari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 

 

Tadbirda so‘z olgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Nuriddin Qalqonov yoshlarimiz bugungi kun o‘zgarishlariga, mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi. Lekin, ming afsuslar va nadomatlar bo‘lsinki, ba’zi bir yoshlarimiz har xil oqimlarga qo‘shilishi va “ommaviy madaniyat” deb atalmish bizning urf odatlarimizga mutloqa zid bo‘lgan ishlarga aralashib qolishlari tabimizni xira qiladi.

 

 

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan talaba-yoshlarga mavzu doirasida tegishli tavsiyalar ham berildi. Talaba-yoshlar tadbirdan ko‘tarinki ruh hamda zavq-shavq olishdi.

Tadbir yakunida fakultet dekani Mansur Eshov barcha tadbir ishtirokchilariga va mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.

Baxtiyor NASIMOV,
fakultet dekani muovini.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Korporativ boshqaruv fakulteti Menejment kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda innovatsion menejment strategiyalarini amalga oshirish tajribasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2018-yil 9-oktabrda soat 9:00 da 2-binoning majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

 

Konferensiya dasturi

Press-reliz