YANGILIKLAR

Kun: 15.09.2018

2018/2019-o‘quv yili uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturi asosida bakalavriat bosqichiga hujjatlar topshirgan abituriyentlar diqqatiga:

2018-yilning 16-sentabr kuni (yakshanba) soat 09:00, 11:00 hamda 14:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida maslahat soatlari tashkil etiladi.

Unda 2018-yil 17 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovi jarayonlari, test topshirish shartlari va boshqa tashkiliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tiladi.

Hurmatli abituriyentlar!

Sizlardan 2018-yilning 16-sentabr kuni (yakshanba) soat 09:00, 11:00 hamda 14:00da shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat — pasport hamda qabul komissiyasi tomonidan taqdim etilgan tilxat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kelishingiz so‘raladi.

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 2019-YIL UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA TAYANCH DOKTORANTURA, DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL E’LON QILADI:

Ixtisoslik shifri va nomi
1. 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi
2. 08.00.02 – Makroiqtisodiyot
3. 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
4. 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
5. 08.00.06 – Ekonometrika va statistika
6. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
7. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
8. 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti
9. 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti
10. 08.00.11 – Marketing
11. 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot
12. 08.00.13 – Menejment
13. 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari
14. 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
15. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
16. 13.00.12 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorga muvofiq tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka quyidagi hujjatlar topshirilishi so‘raladi.

Tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga topshiradigan talabgorlar uchun:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

Doktoranturaga (DSc) o‘qishga topshiradigan talabgorlar uchun:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezis);

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka:

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka:

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar dimlomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

Hujjatlar 2018 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (239-01-43) ga (manzil: 100185, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy) murojaat etish mumkin.

 

Doktoranturaga kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Tayanch doktoranturaga kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati