YANGILIKLAR

Kun: 13.09.2018

 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xitoy Xalq Respublikasi Sinjan universiteti Phd doktarlari — Nurgul Abdurasul va Yu Lidse tomonidan 3 oy mobaynida o‘rganilgan tadqiqotlar natijasi bo‘yicha ilmiy seminar tashkil etildi.

Unda xorijlik tadqiqotchilar “BIR YO‘L – BIR MAKON” va “O‘zbekiston eco turizm salohiyati” to‘g‘risida ma’rza o‘qishdi. Ma’ruzada Yu Lidse Xitoy va O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatgichlari tahlili, hozirgi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, mustahkamlash shuningdek yanada takomillashtirish yo‘llari to‘g‘risida o‘z taklif va mulohazalarini gapirib o‘tdi. Shu o‘rinda talabalar fikri bilan ham tanishib o‘tdi.

Anjuman davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojat etishdi va ochiq muloqot bilan suhabatni davom etirishdi.

Tadbirda Xalqaro turizm fakultetining TL-33, TU-33 guruh talabalari, shuingdek Turizm va servis kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.