YANGILIKLAR

Kun: 06.09.2018

2018 yilning 8 sentyabr kuni soat 14:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-o‘quv binosi 1/232 auditoriyasida Makroiqtisodiyot kafedrasining kengaytirilgan ochiq majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda 2018-2019 o‘quv yilining 3 sentyabridan kafedraga assistent lavozimiga ishga qabul qilinayotgan Bahriddinov Viqorjon Akbar o‘g‘lining “Inflyasiya va inflyasiyaga qarshi siyosat: inflyasion targetlash siyosatining mazmuni va uni amalga oshirishning zarurati” mavzusidagi sinov darsi tinglanadi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorining 7-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 20-sonli qarorining tegishli bandlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.