archive.php

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari uchun 2018/2019 o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018-yilning 10-iyulidan 31-iyuligacha hamda kechki ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati 9 iyulidan 25 iyuligacha qabul qilinadi.

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

 

 

2018/2019 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli uchun bakalavrga qabul qiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

O‘zbekiston milliy universiteti

Toshkent davlat texnika universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent moliya instituti

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

Andijon mashinasozlik iqtisodiyot instituti

Andijon davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti

Buxoro muhandislik texnologiya instituti

Guliston davlat universiteti

Jizzax politexnika instituti

Qoraqalpoq davlat universiteti

Qarshi davlat universiteti

Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti

Namangan davlat universiteti

Namangan muhandislik texnologiya instituti

Namangan muhandislik qurilish instituti

Samarqand davlat universiteti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Termiz davlat universiteti

Farg‘ona davlat universiteti

Farg‘ona politexnika instituti

Urganch davlat universiteti

Navoiy davlat pedagogika instituti

Nukus davlat pedagogika instituti

Jizzax davlat pedagogika instituti

Qo‘qon davlat pedagogika instituti

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali

Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

Milliy rassomchilik va dizayn instituti

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

Toshkent arxitektura qurilish instituti

Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

 

2018/2019 o‘quv yilida kechki ta’lim shakli uchun bakalavrga qabul qiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

O‘zbekiston milliy universiteti

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Namangan davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti

 

Manba: http://edu.uz/uz/news/view/920