O‘zbek xalqi azal-azaldan muhtojlarga mehr-muruvvat, oliyjanoblik, sahovat va oqibatli bo‘lishdek yuksak fazilatlar bilan yashab kelgan millat hisoblanadi. Muqaddas Ramazon oyida yaxshiliklar qilish, yaqinlarimiz, qariyalar holidan xabar olish farzdir.

Shu munoasabati bilan universitetimizning Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich EK-94-95 guruhlari rahbari hamda talabalari bilan birgalikda “Mening hayot falsafam” mavzusi doirasida tadbir uyushtirildi.

Talabalar o‘z hayot yo‘llaridagi vazifalarni insoniylik va mehr-muruvvat fazilatlari bilan olib borishlarini amaliy ko‘rsatdilar. Tadbir Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida istiqomat qilayotgan qariyalar va nogironlar bilan birgalikda tashkil etildi. Universitetimiz vakillari qariyalar holidan xabar olishdi va ular bilan suhbatlashdilar.
Universitetimiz rahbariyatiga va talablarga pansionati ma’muriyati tomondan minnatdorchilik bildirildi.

2018-yil 2-iyun kuni Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxtiyor Sultanov tomonidan “Mikroiqtisodiyot: g‘oya, biznes va yuqori daromad” mavzusida ochiq mahorat darsi o‘tkazildi.

Ochiq dars boshlanishida “Mikroiqtisodiyot” fanidan yangidan nashr qilingan masalalar to‘plamini taqdimoti o‘tkazildi.

Ochiq darsga respublikaning o‘ndan ortiq Oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar taqrizchi sifatida qatnashib o‘zlarining ijobiy taqrizlarini berishdi.
Dars savol-javoblarga boy bo‘ldi.