archive.php

Iqtisodiyot fakulteti jamoasi 2018-yil 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi “Urush va mehnat faxriylari” Respublika pansionati tashrif uyushtirishdi.

Prezidentimizning joriy yil 16 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida uyushtirilgan tadbirdan maqsad Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, yoshi ulug‘lar, turli sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizni hurmatlash, ularni e’zozlashdan iborat.

Shu ma’noda Iqtisodiyot fakulteti va Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi “Urush va mehnat faxriylari” Respublika pansionatida istiqomat qilayotgan o‘zgalar parvarishaga muhtoj yakka-yolg‘iz qariya va nogironlar holidan xabar olish uchun tashrif buyurishdi.

Pansionatda istiqomat qiluvchi keksalar ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olishdi tadbir davomida “Uch avlod uchrashuvi” muloqotlari bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qonli urush yillari va uning oqibalari haqida eslab, aytish shuningdek, tinchlikni osrash va uni qadriga yetishga barchani chorlashdi.

Tashrif davomida keksalar samimiy ilik so‘zlar aytildi, tilaklar, muloqotlar qilindi va esdalik sovg‘alar berildi.


Shaxnoza RAXMUTULLAYEVA,
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlar qahramonligi – yoshlarga ibrat” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev takidlaganlaridek: “Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbek Milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston “Yozuvchilar” uyushmasi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirni universitet prorektori  kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ahamiyati, mazmun-mohiyatigato‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Malika Abduhakimova, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti dotsenti, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat” targ‘ibotchilari a’zosi Adhambek Alimbekov xotira, qadr degan tushunchalar azal-azaldan el-yurtimizning tafakkuri, ma’naviy hayotimizning ajralmas bir qismi bo‘lib kelgani, o‘zini, o‘z el-yurtining o‘tmishini, tarixini eslamaydigan, bilmaydigan, o‘z xotirasida saqlamasdan yashaydigan odam bolasini, ongli insonni tasavvur qilib bo‘lmasligini aytishdi.

Urush arafasida O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda bevosita ishtirok etgan. Yosh go‘dak va bolalarni, qariyalar va ayollarni hisobga olmaganda, xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jangu jadallarda qatnashgan. Va bu dahshatli qirg‘inda qariyb 500 ming yurtdoshimiz, ya’ni urushda qatnashganlarning 30 foizi halok bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, erishilgan G‘alabaning qadr-qimmati nechog‘li baland ekani, O‘zbekiston xalqining fashizmga qarshi kurashga qanday katta hissa qo‘shgani yaqqol ayon bo‘ladi.

Mard va jasur yurtdoshlarimiz qandaydir noma’lum tepalikni egallash uchun emas, avvalo fashizm balosini yurtimiz ostonasiga yo‘latmaslik uchun, o‘zining ota-onasi, suyukli yori, aziz farzandlari, yoru do‘stlarini, el-yurtini himoyalash, asrash uchun jangga kirgan, jon fido qilgan.

Biz “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak”, degan da’vatning mohiyatini chuqur anglagan holda, tinchlik uchun har birimiz mas’ul ekanimizni unutmasdan, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashashimiz kerak. 

Hammamiz yaxshi bilamiz – biz yashayotgan hayot – bu oqar daryo, deydi xalqimiz. Ya’ni, boshqacha aytganda, bu dunyo g‘animat ekanini esimizdan chiqarmasdan, beshafqat urushda qatnashgan, front ortida o‘zini ayamasdan mehnat qilgan vatandoshlarimizni qadrlash, e’zozlash, umrini uzaytirish, ularni eslab, holidan xabar olish, ruhini ko‘tarish – bunday ezgu ishlar barchamizning eng olijanob burchimiz bo‘lishi shartligini hayotiy misollarda keng to‘xtalishdi.

Tadbir davomida O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston Xalq artisti Malika Ibrohimova ajdolarimiz kaxramonligi – bugungi tinch-osuda hayotimiz garovi bo‘lib kelayotganini hayotiy misollar va badiiy sahna ko‘rinishi, monologlarda yoshlarga taqdim etdi.

Tadbir ishtirokchilari ma’ruza va badiiy chiqishlarni zo‘r qiziqish bilan kuzatib borishdi.

Azizbek AMONOV,
Iqtisodiyot fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida an’anaviy tarda o‘tkazib kelinayotgan «Kasaba uyushma qo‘mitasi kubogi» uchun o‘tkazilgan musobaqa yakunlandi.

Musobaqaning yarim final bahsida Buxgalteriya hisobi va audit, Ma’muriyat, Xalqaro turizm va Iqtisodiyot jamoalari final bahsi y‘ollanmasi uchun kuch sinashdilar. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Ma’muriyat — Xalqaro turizm 7:2

Buxgalteriya hisobi va audit — Iqtisodiyot 1:1 (penaltilar bo‘yicha 5:4)

Musobaqaning 3-o‘rin uchun bahsida Iqtisodiyot jamoasi amaldagi chempion Xalqaro turizm jamoasini 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Final bahsida Ma’muriyat jamoasi Buxgalteriya hisobi va audit jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etib, «Kasaba uyushma qo‘mitasi kubogi» musobaqasining g‘olibi bo‘ldi.

Barcha sovrindor jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar, 1-,2-,3-darajali diplomlar topshirildi va turli nominasiyalar bo‘yicha futbolchilar taqdirlandilar.