Xabaringiz bor, ta’lim dargohimiz sport maydonlarida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida an’anaviy tarda o‘tkazib kelinadigan Kasaba uyushma qo‘mitasi kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Musobaqaning birinchi kungi bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Buxgalteriya hisobi va audit — Iqtisodiyotda axborot tizimlari 4:1

Iqtisodiyot — Korporativ boshqaruv 4:2

 

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Iqtisodiyot — Xalqaro turizm 4:1

Ma’muriyat — Iqtisodiyotda axborot tizimlari 10:0

 

Eslatib o‘tamiz qur’a natijalariga ko‘ra A guruhidan Iqtisodiyotda axborot tizimlari, Ma’muriyat, Buxgalteriya hisobi va audit jamoalari, B guruhidan esa Iqtisodiyot, Xalqaro turizm, Korporativ boshqaruv jamoalari o‘rin olgan.

2018 yil 1 may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sportning mini futbol turi bo‘yicha «Talabalar kubogi — 2018» musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Futbol assosiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur sport bayramida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. MOQ rahbari final uchrashuvini ochib berish oldidan universitetning sport maydonchasi, umuman, ushbu ilm dargohida yo‘lga qo‘yilgan sport tizimi bilan tanishdi.

Final uchrashuvida o‘zbek futboli afsonalari, XII Osiyo o‘yinlari chempionlari Mirjalol Qosimov va Azamat Abduraimov, shuningdek, Milliy terma jamoamiz futbolchilari Marat Bikmayev va Sardor Rashidov, Xitoyda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblari ham ishtirok etib, tadbirning yanada qiziqarli ko‘rinish olishini ta’minlab berishdi. O‘FA qoshidagi muxlislar klubi a’zolari final bahsi ishtirokchi jamoalarini qo‘llab-quvvatlab, talabalar futbol bayramiga fayz kiritdi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyevlar ochib berishdi.

Final bahsida “Korporativ boshqaruv” va “Bank ishi” jamoalari o‘zaro bellashdilar. “Korporativ boshqaruv” jamoasini Mirjalol Qosimov, “Bank ishi” jamoasini esa Azamat Abduraimov maydonga bosh murabbiy sifatida boshlab tushdilar. Qiziqarli va sportga xos kurashlar ostida o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda “Korporativ boshqaruv” jamoasi 1:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Final bahsining tanaffus vaqtida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov o‘z chiqishi bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Final bahsini FIFA referesi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Ishqibozlar o‘yinni taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev sharhi orqali kuzatib bordilar.

Final o‘yini yakunlangach musobaqaning «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi himoyachi», «Eng yaxshi to‘purar», «Eng yaxshi o‘yinchi», «Eng yaxshi ishqibozlar guruhi» kabi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi va ularga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘ngida «Talabalar kubogi — 2018» futbol musobaqasining sovrindor jamoalariga kubok, medallar, esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

G‘olib jamoa a’zolari sovrinlarni Ravshan Ermatov, Azamat Abduraimov, Temur Kapadze, Sardor Rashidov, Rustamjon Ashurmatov, Акромjon Komilov, Zabihullo O‘rinboyevlar qo‘lidan qabul qilib oldilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasi 2018-yil 15-may kuni Toshkent shahrida o‘tadigan “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash: ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanga ishtirok etishga taklif etadi.

Anjumanning maqsadi – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar, iqtisodiy ta’lim jarayonida innovatsiyalardan foydalanish, oliy o‘quv yurtlari tajribasi asosida ta’lim samaradorligini oshirishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etishga bag‘ishlangan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Anjumanda qatnashish uchun Respublika oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va magistrantlari taklif qilinadi.

Anjumanda quyidagi sho‘balarni ish olib borish ko‘zda tutilmoqda:

1 – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili Dasturini amalga oshirishda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning o‘rni va ahamiyati.

2 – Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlari va ularni amaliyotga joriy etish – O‘zbekiston Respublikasining manaviy, ijtimoiy-iqtisodiy tarakqiyotining asosiy dasturi sifatida.

3 – Kasb ta’limi jarayonini uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashda innovatsiyalardan foydalanish.

4 – Uzluksiz ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik-psixologik jihatlari.

5 – Zamonaviy, ma’naviy taraqqiyot va yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichda olib borishda axborot texnologiyalarning tutgan o‘rni.

Tezislarga talablar:

Anjumanda qatnashish uchun ma’ruza tezislari bosma va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga 2018 yil 5 mayga qadar topshirilishi lozim.

Taqdim etilayotgan tezis (maqola) 2-3 betdan oshmagan hajmda o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin. Ma’ruza tezisi (maqola) Microsoft Word, Times New Roman 14 shriftida, A4 formati, tepadan 2,0 pastdan 2,0 chapdan 3,0 o‘ngdan 1,5 sm oraliq interval – 1,0 sm tarzida to‘ldirilishi zarur. Tezis birinchi betining o‘ng qismida muallifning familiyasi, ismi, sharifi (to‘liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, oliy o‘quv yurti yoki tashkilotning nomi ko‘rsatilishi shart.

Manzil: 100003, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 5-bino 3-qavat, 301-xona, “Kasb ta’limi (iktisodiyot)” kafedrasi.

Telefon raqami: (99871) 239 – 28 – 52;

faks: (99871) 239 – 28-55;

e-mail: nilufarfs@yahoo.com