Professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida an’anaviy tarda o‘tkazib kelinadigan Kasaba uyushma qo‘mitasi kubogi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Qur’a natijalari quyidagi guruhlar va juftliklarni taqdim etdi:

A guruhi — Iqtisodiyotda axborot tizimlari, Ma’muriyat, Buxgalteriya hisobi va audit

B guruhi — Iqtisodiyot, Xalqaro turizm, Korporativ boshqaruv

 

Guruhdagi o‘yinlar quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:

30-aprel Iqtisodiyotda axborot tizimlari — Buxgalteriya hisobi va audit Boshlanish vaqti 1700
30-aprel Iqtisodiyot — Korporativ boshqaruv Boshlanish vaqti 1800
1-may Xalqaro turizm — Iqtisodiyot Boshlanish vaqti 1700
1-may Ma’muriyat — Iqtisodiyotda axborot tizimlari Boshlanish vaqti 1800
2-may Buxgalteriya hisobi va audit — Ma’muriyat Boshlanish vaqti 1700
2-may Korporativ boshqaruv — Xalqaro turizm Boshlanish vaqti 1800

O‘yinlar 2018-yil 30-aprel — 4-may kunlari universitet sport maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2018-yil 26-aprel kuni Xalqaro turizm fakulteti tomonidan Turizm va servis kafedrasining Innovatsion hamkorlik dasturi doirasida Turizm bo‘yicha xalqaro ekspert (Avstraliya) Penelopa Prays ishtirokida “Turistik marshrutlarni tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Case study” mavzusida ikkinchi bosqich mahorat darslari o‘tkazildi.

Bunda Xalqaro turizm fakulteti talabalari xalqaro ekspert tomonidan berilgan keys topshiriq bo‘yicha guruh uchun turistik marshrutni tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy mauammoli Case study ni tayyorladilar. Ushbu mahorat darslari hamkorlik doirasida yil davomida tashkil etilishi rejalashtirildi.

Anjuman ishida tillar va tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari o‘z maqola tezislari bilan ishtirok etishlari belgilangan. Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

1-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish;

2-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va kasbiy kompetensiyani shakllantirish uslublari;

3-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda CEFR asosida yondashish

4-sho‘ba: Nofilologik oliy o‘quv yurtlari uchun chet tillaridan zamonaviy darsliklar yaratish.

2018 yil 26-27 aprel kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Kichik sanoat zonalari direksiyalari rahbarlari hamda xodimlari malakasini oshirishga bag‘ishlangan maxsus o‘quv kursining navbatdagi mashg‘ulotlari ham mazmunli va qizg‘in savol-javob ruhida o‘tdi.

Unda Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari direktorlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Taqdim etilgan ma’ruzalarda, eng avvalo, kichik sanoat zonalarini tashkil etishning ahamiyati, ularni boshqarish bo‘yicha direksiya va yagona direksiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi me’yo­riy-huquqiy hujjatlarga izohlar berib o‘tildi, ba’zilariga kiritilgan o‘zgartishlar mohiyati tushuntirildi. Kichik sanoat zonalarida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish tartibi, xususan, tanlov e’loni, tanlov e’lonida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan hamda tanlov mezonlariga oid ma’lumotlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ma’muriy kengash qaroriga muvofiq, direksiyaning asosiy vazifalari kichik sanoat zonasi qatnash­chilari bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish hamda kichik sanoat zonasi hududida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish, o‘zaro kelishuvlardagi majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish, qatnashchilarga ishlab chiqarish, moliyaviy, marketing, huquqiy, tashqi savdo va boshqa masalalarda ko‘mak berishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar e’tiboriga kichik sanoat zonalarini tashkil etish va ularni rivojlantirish, bunday zonalardagi faoliyatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilishning Xitoy, Singapur kabi davlatlar taj­ribasi haqida taqdimotlar namoyish etildi.

Mashg‘ulot dasturining har bir mavzusi o‘zaro muloqot, axborot almashish hamda savol-javob ruhida o‘tdi.

Joriy yil 26-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga O‘zbekistondagi KOICA tashkilotining rahbari Song Il Son va uning delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan faol hamkorlik olib borish va universitet talabalarining koreys tilini o‘rganishga talablarini inobatga olgan holda tashkilot tomonidan volontyorlarni amaliyot darslariga jalb etishdan iborat.

Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi a’zosi, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Ural davlat agrar universiteti professori V.I. Nabokov O‘zbekistonga ijodiy safar bilan tashrif buyurdi. Uning bu safari mazkur universitet va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik haqida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshirildi. Shu shartnomaga binoan V.I. Nabokov va TDIU Menejment kafedrasi mudiri professor N.Q. Yo‘ldoshev “Menejment nazariyasi”, “Tashkiliy xulq” fanlaridan hammualliflikda yozgan darsliklari rus va o‘zbek tillarida chop etilgan.

23-24 aprel kunlari professor Nabokov bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlarga “Rossiya menejmentining shakllanish xususiyatlari”, “Rossiya Federatsiyasida davlat boshqaruvini rivojlantirish yo‘nalishlari”, “Boshqaruvning nazariy-uslubiy masalalari”, “Tashkilotlar innovatsion faoliyatini boshqarish”, “Rossiya ta’lim tizimini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari” mavzularida ma’ruzalar o‘qidi.

TDIU va UDAU vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish haqida kelishib olindi.

Talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqich g‘oliblari

 

1. Samandarov Zuhriddin Raup o‘g‘li 2018 yil “Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: H.A. Hakimov.

2.   Ibrohimjonov Jahongir Ikromjon o‘g‘li 2018 yil “Buxgalteriya hisobi va audit” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent M.S. Tulayev.

 

3.   Bobojonov Dilshodbek Parda o‘g‘li 2018 yil “O‘zbekiston iqtisodiyoti” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: H.A. Hakimov.

4. Jahongirov Elyor Baxtiyor o‘g‘li 2018 yil “Informatika va axborot texnologiyalari” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent A.A. Sobirov.

 

5. Mamedsaliyeva  Go‘zal Azimjon qizi

 

2018 yil “Servis” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent D.I. Abidova.

 

6. Yusufjonov Qudratilla Muzaffar o‘g‘li

 

2018 yil “Ingliz tili” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: o‘qituvchi F.R. Suleymonov.

 

7. Yakubjanova Umida Xaliljon qizi

 

2018 yil “Iqtisodiyot nazariyasi” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Q. Sharipov.

 

8. Baxriyev Jamoliddin Faxriddin o‘g‘li

 

2018 yil “Huquqshunoslik” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent A.N. Rahmonov.

9. Muxtorov Murodjon Muhammadjon o‘g‘li

 

2018 yil “Milliy g‘oya” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: professor I. Saifnazarov.

 

10. Lutfullayev Shohrux Bobur o‘g‘li

 

2018-yil “Kasbiy ta’lim” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: professor M.F. Xakimova.

 

11. Nodirova Sarvinoz Farxodovna

 

2018-yil “Menejment” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Z.Z. Akbarxodjayeva.

 

12. Sobitov Abzaljon Axmadjon o‘g‘li

 

2018-yil “Marketing” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: professor Sh.Dj. Ergashxodjayeva.

 

 

13. Abdukayumov Abdumalik Nizomjonovich

 

2018 yil “Oliy matematika” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent Sh.A. Saipnazarov.

 

14. Rodionov Andrey Aleksandrovich

 

2018 yil “Kompyuter grafikasi” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent O‘.T. Xayitmatov.

15. Toshtemirova Malika Turg‘un qizi

 

2018-yil “Moliya va kredit” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: dotsent F.N. Nasriddinov.

 

16.   Qudratov Ro‘zmirod Quvondiq o‘g‘li

 

2018 yil “Nemis tili” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi B.A. Mavlyanov.

 

17. Sobirova Iroda Ulug‘bek qizi

 

2017-yil “Fransuz tili” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi M.J. Kushimova.

 

18. Husniddinova Diloromxon Muhiddin qizi

 

2017 yil “Rus tili” talabalar respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichida 1-o‘rin sovrindori.

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi A.M. Bedilova.

 

 

2018 yil 24 aprel kuni universitet sport majmuasida Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Universitetda talaba-yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida haftaning turli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazish an’ana tusiga kirgan. Xususan, fakultetlar “Ma’naviyat kunlari” doirasida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Iqtisodiyot fakulteti haftaning o‘tgan haftasida “Juma oqshomi” madaniy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazgan bo‘lsa, bu hafta, 2018-yil 24-aprel kuni Iqtisodiyot fakulteti “Ma’naviyat kuni” munosabati bilan “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi. Talaba-yoshlar sportning futbol, kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi, arm-reysling turi bo‘yicha musobaqalashdilar. Jumladan, futbol musobaqasida fakultetdan 18 nafar jamoa, kurash musobaqasida 28 nafar ishtirokchi, shaxmat musobaqasida 22 nafar ishtirokchi, shashka musobaqasida 28 nafar ishtirokchi, stol tennisi musobaqasida 36 nafar ishtirokchi bahslashdi.

Ishtirokchilar tadbir davomida bor mahoratlari va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishdi.

Tanlov g‘oliblari va jamoalar tadbir yakunida fakultetning I, II, II-darajali diplomi, Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Mirabbos MAHMUDOV,
Iqtisodiyot fakulteti dekani muovini.

2018-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xalqaro turizm fakulteti Turizm va servis kafedrasidagi Innovatsion hamkorlik doirasida Turizm bo‘yicha xalqaro ekspert (Avstraliya) Penelopa Prays ishtirokida “Turistik marshrutlarni tayyorlash bo‘yicha keys stadi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Bunda Xalqaro turizm fakulteti talabalari xalqaro ekspert tomonidan berilgan keys topshiriq bo‘yicha guruh uchun turizm marshrutini shakllantirish bo‘yicha amaliy mauammoli keysni tayyorladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Polsha Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistondagi Polsha Respublikasi elchixonasi Favqulodda va muxtor elchisi Pyotr Ivashkevich, Polshadagi 22 ta universitet vakillari kutib olindi.

O‘tkazilgan davra suhbatida Toshkent shahar Oliy ta’lim muassasalari vakillari, TDIU pedagog xodimlari hamda TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida tashrif buyurgan har bir universitet vakili o‘z universiteti to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi va o‘zaro hamkorlik o‘rnatish istagini bildirdi.

Davra suhbatidan so‘ng Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Polsha Respublikasi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida quyidagi universitetlar bilan o‘zaro almashinuv memorandumlarini imzoladi:

Bielsko-Biala universiteti.

Polsha-Yaponiya axborot texnologiyalari akademiyasi.

Lodz universiteti.