archive.php

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar, tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori ijrosini ta’minldash, shuningdek, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Ingliz tili” va “Jahon tillari” kafedralari tomonidan 2018-yil 27-aprel kuni “Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida tillarni o‘qitish: muammo va ularni yechimini topish yo‘llari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjuman ishida tillar va tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari o‘z maqola tezislari bilan ishtirok etishlari belgilangan. Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

1-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish;

2-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va kasbiy kompetensiyani shakllantirish uslublari;

3-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda CEFR asosida yondashish

4-sho‘ba: Nofilologik oliy o‘quv yurtlari uchun chet tillaridan zamonaviy darsliklar yaratish.

Tezislarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

Tezis quyidagi talablarga javob berishi lozim:

3-5 bet hajmda, 1,5 intervalda, (chapdan 2,0 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, Times New Roman dasturida 14 o‘lchamli shriftda yozilishi; sarlavhalar saxifaning o‘ng tomonidan 3 intervaldan so‘ng muallifning ismi va familiyasi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi va ish joyi (korxona, bo‘lim, kafedra nomi) keltiriladi. Tezisda o‘zlari keltirgan manbalarga havolalar (snoska) ko‘rsatilishi shart.

Konferensiya tezislari alohida to‘plam shaklida nashr qilinishi rejalashtirilgan. Tezis mazmuni va unda keltirilgan ma’lumotlar uchun shaxsan muallif mas’ul hisoblanadi.
Anjuman tili: o‘zbek, ingliz, nemis, franuz va rus tillari.

Tezislar 2018 yilning 15 aprelga qadar qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga topshirilishi so‘raladi.

Tanlovdan o‘tgan tezislar to‘lov asosida nashr etiladi (tezisning bir sahifasi 12 ming so‘mni tashkil etadi).

Yuqoridagi talablarga javob bermagan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan tezislar to‘plamga kiritilmaydi.

Tashkiliy ko‘mita manzili:

100003, Tashkent sh., TDIU, I. Karimov ko‘chasi 49 uy, 1-bino, 308 xona, 5-bino, 207 xona. Telefonlar: (+99871) 239-28-46; +99871 239-28-21;

E-mail: Kuzikulova85@mail.ru, malika.kamalova.71@mail.ru va telegramm raqami: +99897 434-77-74.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bo‘limi tomonidan “Tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish” mavzusida magistranlarning magistrlik dissertatsiyalari mavzularidan kelib chiqqan holda ilmiy tezislar to‘plami chop etilishi belgilangan.

Ushbu to‘plamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot sohalarining isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, hududlarni faol rivojlantirish, ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy tezislar jamlanadi.

Tezislarga qo‘yiladigan talablar:

Ilmiy tezislar tashkiliy qo‘mitaga 2018 yil 15 aprelga qadar topshirilishi lozim.
Ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan tezislar 2-3 betdan iborat bo‘lib o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin. Maqolalar Microsoft Word (format RTF), Times New Roman shriftida, A4 formati, tepadan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, shrift hajmi – 14pt, oraliq interval – 1,5 sm, abzats boshidagi oraliq – 1 sm, eniga formatlash tarzida to‘ldirilishi zarur. Tezisning birinchi betining o‘ng qismida talabaning familiyasi, ismi, sharifi (to‘liq), mutaxassisligi va guruhi ko‘rsatilishi shart.

Tayyorlangan tezisga magistrantning ilmiy rahbari yoki mutaxassislik kafedra mudirining chop etilishiga tavsiya qilingan xulosasi va imzosi bo‘lishi talab qilinadi.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan tezislar to‘plamga kiritilmaydi va chop etilmaydi.

Ma’lumot uchun manzil va telefonlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bo‘limi, 5-bino, to‘rtinchi qavat 401-xona. telefon: (71) 239-01-29.

2018-yil 12-martdan 14-martga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Islom tadqiqot va malaka oshirish instituti professori Muhammed Saleh Ayyash tomonidan “Islom moliyasiga kirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Islom tadqiqot va malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Toshkent Islom universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muommalari» ilmiy tadqiqot markazi hamda Asia Alliance Bank muassasalarining yetakchi mutaxasis va olimlari ishtirok etganligi seminar yuqori saviyada o‘tkazilishiga xizmat qildi.

12-16 mart kunlari Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan Britaniya tadqiqot markazi hamkorligida Ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun 5 kunlik seminar treyning tashkillashtirildi. Seminar treyningni Britaniya tadqiqot markazi o‘qituvchisi Magda Sobshinskaya olib bordi. Ingliz tili professor-o‘qituvchilari seminar treyningdan zamonaviy o‘qitish texnologiyalarni hamda o‘qituvchilarga o‘qitish va o‘qish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini tanqidiy ravishda qayta ko‘rib chiqish, darslarni yaxshiroq tayyorlash va o‘tkazish uchun ularning amaliy ko‘nikmalarini baholash imkoniyatini berish metodlari va texnologiyalari muamolarini o‘rgandilar.

Seminar treyning kafedra professor o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Mamlakatimizda yangilanish va nafosat fasli kirib kelishi munosabati bilan 18—19-mart kunlariga umumxalq xayriya hashari belgilangan. O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, 18 mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xizmatchilari va talaba-yoshlari hamjihatlikda obodonlik ishlarida faol qatnashdilar.

Hashar munosabati bilan 4,7 gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi, 1,2 kilometr uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi. Shuningdek, 124 dona daraxtlar oqlandi va shakl berildi, 212 tup mevali va manzarali ko‘chatlar, 1052 dona turli xildagi anvoyi gullar ekildi. Shuningdek, universitet hududidan 5,3 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 52 ta yoritgichlar ta’mirlandi.

“Hashar elga yarashar” deganlaridek, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari tomonidan 19-mart kuni ham ko‘tarinki kayfiyat bilan universitetning tashqi va ichki hududlarida obodonchilik va tozalik ishlari davom ettiriladi.

2018-yil 14-mart kuni soat 10:30da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsion aloqalar doirasida talabalar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun “mahorat darsi” mashg‘uloti o‘tkaziladi.

“Mahorat darsi” mashg‘ulotida FE LLC “HUAWEI TECH INVESTMENT TASHKENT” bosh direktori Wang Peng o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulot Bosh o‘quv binosining 4/29-xonasida 2018-yil 14-mart kuni soat 10:30da boshlanadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida faollar zalida “Yoshlar kelajak tayanchi va bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Yurtboshimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, barcha sohalar ayniqsa, ta’lim va siyosiy partiyalar iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ahamiyatli.

Yoshlar siyosatiga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida o‘z iqtidori va salohiyati bilan xalqaro va respublika miqyosida nufuzli sovrinlar hamda nomdor stipendiyalarni qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirda Oliy Maslis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Samadov, “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati va yoshlar jamoasi a’zolari hamda universitet pedagog jamoasi, talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi, Kasaba uyushma qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi va Jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan “Sport — go‘zallik ramzi” shiori ostida ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. 8 mart — “Xalqaro-xotin qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar sportning estefeta va darts turlari bo‘yicha bellashdilar.

Estafeta musobaqalarida ishtirokchilar basketbol to‘pini dumalatib to‘siqlar orasidan olib yurish, to‘pni aniq mo‘ljalga olish, basketbol to‘pini to‘siqlar orasidan olib o‘tish, arqonchadan sakrab to‘siqlar orasidan yugurib o‘tish, stol tennisi raketkasida kichik sharni harakatda olib yurish, arqon tortish elementlarini bajarishgan bo‘lsa, sportning drast turida belgilangan nishonni aniq mo‘ljalga olish borasidagi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan Korporativ boshqaruv fakulteti ayollar jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplomlar, faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir ayol professor-o‘qituvchilar, xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, salomatliklarini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

TDIU «Moliya va soliqlar» kafedrasi tomonidan «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan innovatsion-korporpativ hamkorlik doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

OTM hamda ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida TDIU «Moliya va soliqlar» kafedrasi tomonidan «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan innovatsion-korporpativ hamkorlik doirasida «O‘zbekistonda moliya tizimini rivojlantirishda sug‘urta faoliyatining ahamiyati» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarni kirish so‘zi bilan TDIU Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Mustafaqulov ochib berdi.

Seminarda «O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi Strategik rivojlantirish, marketing va sifatni boshqarish departamenti bosh menejeri Saidno‘mon Mansurov «Сравнительный анализ международного страхового рынка и Республики Узбекистан», “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi Hududiy va agentlik tarmoqlarini boshqarish departamenti menejeri, i.f.n. Abdurashid Vahobov «O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik sug‘urtasini rivjlantirish istiqbollari», “Moliya va soliqlar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Xayrulla Qurbonov «Zamonaviy sharoitlarda moliya tizimininng dolzarb muammolari», TDIU tayanch doktoranti Xurshid Ergashev «O‘zbekistonda hayot sug‘urtasi tarmog‘i va uning imkoniyatlari» mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Har bir ma’ruza so‘nggida seminar qatnashchilari tomonidan ma’ruzachilarga o‘z qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va javoblar oldilar. Seminar qiziqarli va munozarali tarzda o‘tdi.

Seminar so‘nggida TDIU rahbariyati ma’ruzachilarga tashakkur bildirib, seminarda faol ishtirok etgan qatnashchilarni sertifikat bilan taqdirladi.

Tadbir so‘nggida TDIU hamda «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan hamkorlikdagi tadbirlar amalga oshirish chora-tadbirlari belgilanib olindi.